Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


diffuziya usulida aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə84/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209
Микро амалий китоб

diffuziya usulida aniqlash.


Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini agarda disk -diffuziya usulida aniqlash uchun steril holdagi Petri kosachasiga 10 ml miqdorda, har bir mikrobni talabiga mos bo‘lgan eritilgan agar alohida -alohida qo‘yiladi. Xuddi shunday eritilgan va 45°S gacha sovutilgan 10 ml agarning har biriga alohida tekshirilayotgan kultura va etalon shtammlardan ekiladi. SHunday qilib, har bir Petri kosachasiga ma’lum tarkibga ega bo‘lgan agarlardan ikki qatlam qilib quyiladi: pastki qatlam - mikrob ekilmagan, ustki qatlam - tekshirilayotgan va etalon shtammlar ekilgan (alohida kosachalarda) qatlam. Ikkinchi qatlamdagi eritilgan agarga ekilgan mikrob suspenziyasi, har bir shtammning bir sutkalik kulturasidan aloxida - alohida tayyorlangan. Buning uchun har bir kulturadan fiziologik eritmada 1 mld li aralashma tayyorlanib, o‘n barobar suyultirib va agarga shunday miqdorda qo‘shiladi, ular bir tekisda o‘sib chiqishi, antibiotiklarni ta’sir qilganligi doira bo‘yicha ko‘rinib turadigan bo‘lsin. Petri kosachasiga quyilgan agar qotganidan so‘ng, uning ustki yuzasiga steril pinset yordamida antibiotikli disklarni 3 - 4 sm oralig‘ida joylashtirilib (har bir kosachada 7-8 tadan ortiq disk bo‘lmasligi kerak). Kulturalar ekilgan diskli Petri kosachalari termostatda, 37°S da 24 soat davomida inkubatsiya qilindi. Natija har bir antibiotikli disk atrofida mikroblarning o‘sishi to‘xtagan hududning diametrini lineyka va shtangetsirkul yordamida o‘lchanib aniqlanadi.

Qator suyultirish usuli bilan antibiotiklarga bo‘lgan bakteriyalar sezgirligini aniqlash.


Bu usul bilan antibiotikning minimal ingibitsiya konsentratsiyasi (MIK) va minimal bakteriotsid konsentratsiyasi (MBK) aniqlanishi mumkin. Tekshirishni oziqli muhitlarning turli miqdorida (1-10 ml) o‘tkazish mumkin. Tajribada bakteriyalarning
oziqlanish talabiga qarab suyuq muhitlar ishlatiladi. Probirkalardagi suyuq oziqli muhitda preparatni (tetratsiklin) seriyali suyultiriladi. Preparatni konsentratsiyasi
100 dan 0,1 mkg/ml kamayib boradi (preparatni boshlang‘ich dozasi uning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi). Har bir probirkada muhitni miqdori 1 ml bo‘lishi kerak. Tajribada kontrol sifatida mikrob kulturasi va antibiotik olinadi, so‘ngra har bir suyultirilgan probirkaga (0,1 ml dan) tarkibida 1 ml da 106 bakteriya hujayrasi bo‘lgan (S. aureus) bakteriya suspenziyasi qo‘shiladi. Ohirgi 11 chi probirkaga 1ml bulon va 0,1 ml bakteriya cycpenziyasi (kulturaning kontroli) 12 probirkaga 1ml bulon va antibiotik quyiladi. Ekilgan probirkalar 37°S da keyingi kunga qadar termostatda saqlangach, quyqalashib o‘sgan ozuqa muhit kontrol kulturaga - solishtiriladi va tajriba natijasi aniqlanadi.



  1. rasm. Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash: a-stafilokokk kulturasini antibiotiklarga sezgirligini disk difuziyasi usulida aniqlash; b-bitta antibiotikning turli dozasi shimdirilgan disklar qo’llash; v- antibiotik disklarni dispensor yordamida qo’yish; g-bakteriyalarni o’sishi to’xtagan zona diametrini maxsus lineyka yordamida aniqlash.

Ma’lumki tetratsiklinni o‘rtacha terapevtik dozasi yuborilganda uning K ko‘rsatkichi 4 mkg/ml teng (maksimal yuborilganda10mkg/ml ). SHundan kelib chiqan holda tetrotsiklinni TI = 0.8: 4.0 = 0.2 ( > 0,3 ), ya’ni o‘rganilgan qo‘zg‘atuvchi tetratsiklinga sezgir ekan. Agar maksimal dozasi bilan davolonsa (0.8 : 10 = 0,08) juda yaxshi natija berishi mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə