Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Havo-tomchi infeksiyasi sil qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə138/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209
Микро амалий китоб

Havo-tomchi infeksiyasi sil qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.


Sil kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi:Mycobacteriaceae oilasi, Mycobacterium avlodi, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium bovis, Mycobacterium africanum.

  1. Bakterioskopik usul: Olinadigan biologik ashyo: balg‘am, siydik, yiring, likvor, tekshiriladi. Ashyodan surtma tayyorlanadi, xavoda quritiladi, alangada fiksatsiya qilinadi. Sil- Nilson usulida bo‘yaladi.




62-rasm.
Sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida qizil bo‘lib, to‘g‘ri, egilgan, uzun, kalta shakllarda ko‘riladi. Ba’zan ularning ohirlarida kichik shishlar bo‘lib harakatsiz, spora va kapsulalar xosil qilmaydi, polimorf (ko‘p shakllidir). Sun’iy oziq muhitlarda ipsimon va sharsimon ko‘rinishlarda ham uchraydi. Mikobakteriyalarni na grammusbat, va na grammanfiy mikroorganizmlar safiga kiritib bo‘ladi. Asosiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalganda, ularni hatto yod bilan ishlov berilganda ham, spirt rangsizlantirmaydi. Haqiqiy sil mikrobakteriyalari «kislotaga chidamliligi» bilan ajralib turadi: 3% li NSl kislotasi tutgan 95% li etil spirti (nordon spirt) mikrobakteriyalardan tashqari hamma bakteriyalarni rangsizlantiradi. Kislotaga chidamlilik xususiyati hujayra devorining murakkab tuzilganligiga bog‘liqdir. Morfologik, tinktorial xususiyatiga qarab tashhis qo‘yiladi.
Mikroskopik tekshirishlarda salbiy natija kuzatilganda, bir kun davomida yig‘ilgan balg‘am gomogenizatsiya yoki flotatsiya usullari orqali ishlovdan o‘tkaziladi. Bu sil mikobakteriyalarini bir joyga yig‘ish imkonini beradi, ya’ni boyitadi.
Gomogenizatsiya usuli. Bir kecha-kunduz davomida yig‘ilgan balg‘amga bir xil me’erda 1% NaON aralashtiriladi, idish mahkam berkitiladi va 10-15 min. qattiq silkitiladi. Sentrifugada aylantirilgach va kislota yordamida neytralangach, surtmalar tayyorlanadi va Sil’-Nil’sen usulida bo‘yaladi.
Flotatsiya usuli. Balg‘am gomogenezatsiya qilinadi va 30 daqiqa davomida suvli hammomda 550S da qizdiriladi. Keyin 1-2 ml ksilol (benzol), distillangan suv qo‘shiladi, 10 daqiqa qayta silkitiladi. Suyuqliklar yuzasida ksilol tomchilariga
yopishib qolgan mikroblardan iborat ko‘pik hosil bo‘ladi. Bakteriologik halqa yordamida shu ko‘piksimon pardadan surtma tayerlanadi. Surtma efir yordamida yog‘sizlantiriladi, mustahkamlanadi va Sil’-Nil’sen usulida bo‘yalib, mikroskop ostida ko‘riladi.


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə