Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə139/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriologik usul: Tekshiriladigan biologik ashyo Ulengut va Sumiosh bo‘yicha (xlorid va sulfat kislata eritmasi) ishlov beriladi, sentrifugada aylantirilib, fiziologik eritmada yuviladi va maxsus oziq muhitlarga Levenshteyn - Yensen muhiti, Petranyani muhiti, kartoshka - glitserinli muhiti, Dorse, SHkolnikov muhiti, Soton muhiti, Finn II muhitlariga ekiladi. Termostatda 370S da 1-3 oy davomida qo‘yiladi,zich oziq muhitlarda R-ko‘rinishli, o‘ziga xos aromatik hid taratuvchi, quruq, bujmaygan koloniyalar hosil qiladi.Begona mikroflorani yo‘qotish uchun 6% sul’fat kislatasi bilan ishlov berilgan patologik material probirkalarda Levenshteyn- Yensen, Petran’yani va Gilberg oziq muhitlarni saqlovchi qiya qotirilgan agar yuzasiga ekiladi. O‘sish odatda ekilgandan keyin 3-4-chi haftada kuzatiladi.

  • Biologik usul: Sil infeksiyasiga dengiz cho‘chqalari o‘ta sezgir hisoblanadi. Tekshirilayotgan patologik material 1-1,5 ml hajmida ikkita dengiz cho‘chqalarning chov sohasiga yuboriladi. 6-10 chi kunlari shu joyda

    qattiq tugun paydo bo‘ladi, uning yuzasida tuzalmas yara xosil bo‘lib, undan doim yiring oqib turadi. Kasal hayvon murdalari yorib ko‘rilganda organlarida ko‘p miqdorda sil tugunlari borligi kuzatiladi.

    1. Serologik usul: Sil bilan og‘rigan bemorlar qoni zardobidagi maxsus antitelalarni aniqlash uchun gemaglyutinatsiya (RNGA) reaksiyasi va komplementni bog‘lash reaksiyalari, bilvosita gemaglyutinatsiya (BGAR) reaksiyasi usullaridan foydalaniladi

    2. Teri allergik sinama: Pirke (teri ustiga tuberkulin surtiladi) va Mantu sinamasi (tuberkulin teri ichiga yuboriladi) usullaridan foydalaniladi. BSJ bilan emlashning samaradorligini, emlash kerak bo‘lgan shaxslarni ajratishga ko‘maklashadi.

    Sil kasalligini profilaktikasida: BSJ vaksina quruq, steril fiziologik eritma bilan suyultirilib, bilakning tashqi yuzasi terisi ichiga yuboriladi. Qayta emlash 7 va 15-16 yoshlarda olib boriladi. BSJ - M zaif va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga qilinadi.

    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə