Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə147/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209
Микро амалий китоб

To‘rtinchi kun.


  1. Probirkadagi Xottinger buloniga Giss muhitiga ekilgan ekmalar ko‘riladi. Qorin tifi bakteriyasi glyukoza maltoza va mannitlarni kislotagacha parchalash xarakterli bo‘lsa, paratif A va B bakteriyalari esa uglevodlarni kislota va gazlargacha parchalaydi. Xotitnger bulonida serovodorod aniqlandi.

  2. Buyum oynasida O va N monoretseptor zardoblar yordamida tekshiriluvchi kultura bilan agllyutinatsiya reaksiyasi qaytariladi.

To‘rtinchi kun ohirgi natija berish kuni deb hisoblanadi. Tif paratif kasalliklarini serologik diagnostikasi:
Kasallikning 8-10 kunlarida qorin tifi, paratif kasalliklari bilan og‘rigan bemor qonida ma’lum kasallik qo‘zg‘atuvchilarning O va N antigenlariga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan antitelolarni esa Vidal aglyutinatsiyasi reaksiyasi yordamida probirkalardagi zardob bilan antigen aralashmasi shtativga joylashtirilib, yaxshilab silkitiladi va 2 soatda 370S li termostatda qo‘yiladi, keyin olinib 12-18 soatda xona haroratida qoldiriladi. Agar aglyutinatsiya reaksiyasi 1:1200 va undan yuqori titrlarda kuzatilsa unda kasalning bakteriologik tashxisi serologik jihatdan isbotlangan bo‘ladi.

  1. Gemokultura qon olish: qon aseptika qoidalariga rioya qilingan holda olinadi. Bemor bilak venasidan antibiotiklar bilan davolash boshlangungacha qon olinadi. Spirtovka ustida boyituvchi oziq muhitli shisha idishga quyiladi.Olingan qonning bakteriotsid tasirini kamaytirish uchun u katta miqdordagi oziq muhit bilan suyultiriladi. SHuning uchun ekiladigan qonning oziq muhitga nisbati (1:10). Katta yoshdagi odamlardan 100 ml qon olib oziq muhitga quyiladi. Ashyo olish vaqti kasallikni birinchi kunlaridan isitmani ohirigacha. Birlamchi ekish uchun oziq muxitlar Rapoport, 10-20%li o‘tli muhit, 1% li glyukoza va GPB. Natijalarni olish vaqti: tezlashtirilganda 24-28 soatdan keyin, klassik usulda dastlabki natija 3 kundan so‘ng, ohirgisi to‘qqizinchi kundan so‘ng.


  2. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə