Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə144/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209
Микро амалий китоб

Serologik usul: Serologik usul yordamida bemor qonida antitelolar bor yo‘qligi aniqlanadi. Antitelolar qonda kasallikning 5-7 kunlaridan boshlab paydo bo‘lib, keyin titri ortib boradi. Buni aniqlab olish uchun 1 haftadan so‘ng agllyutinatsiya, Vidal reaksiyasi va passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish mumkin, buning uchun laboratoriyaga 1 ml qon jo‘natiladi.

Aglyutinatsiya reaksiyasi zardob 1:100, 1:160 va bundan ortiq nisbatda suyultirilganda musbat deb hisoblanadi.
Salmonellalarni aniqlash maqsadida immunoflyuoressent, polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan ham foydalaniladi.
Tashxis klinik dalillarga va to‘plangan epidemiologik anamnezga va laboratoriya tekshirishlarga asoslanadi. Bakteriologik tekshirish uchun imkoni boricha davolashni boshlandan oldin bir qadar erta muddatlarda quyidagilar:
5-10 ml qon - bilak venasidan olinib, 50-100 ml o‘t suyuqligiga yoki Rappoport muhitiga ekiladi, quruq massasi 50-100 gram, me’da yuvilgan suv 100-200 ml steril bankalarga, najas 4-5 gram glitserin aralashmasi solingan steril probirka, siydik 20— 50 ml steril probirka yoki shisha idishga olinadi.
Septik formada laboratoriyaga ikkilamchi o‘choqlardan olingan yiring yuboriladi. Bundan tashqari laboratoriyaga shubha qilingan ovqat mahsulotlari qoldiqlari 50-60 gramm har xil joydan olinib, steril shisha idishga solib jo‘natiladi.

Qorin tifi va paratif qo‘zg‘atuvchilarining laboratoriya tashxisi.


Qorin tifi kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Enterobacteriaceae oilasi, Salmonella avlodi, Salmonella typhi

Qorin tifi, paratif A va V bakteriyalarini qondan ajratib olish.


Birinchi kun. Gemokultura olish uchun bemor harorati yuqori bo‘lgan vaqtda aseptika qoidalariga rioya qilgan xolda vena tomiridan 5-10 ml qon olib, 10-20% ini o‘t suyuqligi tashkil qiladigan 50-100 ml miqdoridagi bulonga yoki Rapoport oziq muhitiga ekiladi, bunda oziq muhitning miqdori ekiladigan qon miqdoridan 10 barobar ko‘p bo‘lishi kerak. Tif paratif bakteriyalarini o‘stirib olishda qonni och Klodnitskiy oziq muhitiga ekilsa ham yuqori o‘stirish darajasiga ega bo‘lish mumkin. Ekmani 18-24 soatga 370S haroratda termostatga inkubatsiya qilinadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə