Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə143/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriologik usul: E.coli oziq muhitlarga talabchan emas. Fakultativ anaerob hisoblanib optimal o‘stirish harorati 30-370S RN 7,2-7,5. Olingan biologik ashyo najasni differensial - diagnostik muhitga Asel - Liberman bo‘yicha qizil kongoli muhit, brom krezolli muhit, Endo, Ploskirev, Levin oziq muhitlariga ekiladi, termostatda 370S da 18-24 soat qoldiriladi. Unda S-ko‘rinishli, yaltiroq koloniya hosil qiladi, o‘ziga xos rangli koloniyalar xosil qiladi.

Endo oziq muhitida o‘rtacha qizil metallik shu’lalanadigan dumaloq, chetlari tekis, yuzasi yaltiroq nam koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Ploskirev oziq muhitiga qizg‘ish, chetlari tekis, o‘rtacha kattalikda koloniya hosil qilsa, Levin muhitida esa binafsha rangli koloniya hosil qiladi.
63-rasm.
Suyuq neytral muhitda diffuz loyqalanib yoki cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Ba’zan parda hosil qilib o‘sadi, lekin muhit chayqatilsa u uzilib cho‘kmaga tushadi probirka devorida esa xalqa qoladi.
64-rasm.
Qiya qotirilgan agarga ekib, sof kultura ajratib olinadi, barcha xususiyatlari bo‘yicha turigacha identifikatsiya qilinadi.

  1. Serologik usul: Agglyutinatsiya (AR) reaksiyasi, Bilvosita gemaglyutinatsiya.(BGAR) reaksiyasi, Immunoflyuoressent usullaridan foydalaniladi.



Salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilarining laboratoriya tashxisi




Salmonellyoz kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi: Enterobacteriaceae oilasi, Salmonella avlodi, S. typhimurium, S. choleraesuis, S. anatum, S. entertidis.

  1. Bakterioskopik usul: Olinadigan biologik ashyo - najas qusuq,meda chayindi suvi,qon,peshob tekshiriladi. Ashyodan surtma tayyorlanadi, ko‘rish maydonida to‘g‘ri yoki biroz bukilgan Gramm manfiy tayoqchalar bo‘lib, bazilari xarakatchan (peretrix) sporasi, kapsulasi yo‘q. Morfologik, tinktorial xususiyatlari o‘rganiladi.

  2. Bakteriologik usul: Olingan biologik ashyo- najas qusuq, meda chayindi suvi, qon, peshobni differensial - diagnostik muhitlarga Ploskirev muhiti, Endo muhiti, vismut-sulfit agar, ramnozali muhit, SHtern muhitiga ekiladi, termostatda 370S ga 18-24 soatga qo‘yiladi zich oziq muhitlarda havo rangli, S-ko‘rinishli, kattaligi 2-4 mm bo‘lgan, yaltiroq koloniyalar hosil qiladi, qiya qotirilgan agarga ekib, sof kultura ajratib olinadi, barcha xususiyatlari bo‘yicha turigacha identifikatsiya qilinadi.


  3. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə