Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Amaliy mashg‘ulot Amaliy ish 1



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə141/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   209
Микро амалий китоб

Amaliy mashg‘ulot Amaliy ish 1.


Tomoq-halqumdan steril tampon yordamida material olish va surtma tayyorlab Gramm usulida bo‘yash. Difteroidlarni topish, morfologiyasiga baho berish.


Amaliy ish 2.


Kazein ko‘mirli agarga “yo‘tal plastinkasi” usulida material ekish va termostatda qoldirish.




Amaliy ish 3.


Bemor patologik materialidan Sil-Nilsen usulida surtma tayyorlash va kislotaga chidamli mikobakteriyalarni aniqlash.


Vaziyatli masalalar


  1. Qattiq bosh og‘rig‘iga duchor bo‘lgan bemorga orqa miya punksiyasi qilindi.

Meningitga chalingan bemor uchun bunda nima xarakaterli bo‘ladi?

  1. Bakteriologik laboratoriyaga meningit deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida orqa miya suyuqligi olib kelindi. Tashhisni tasdiqlash uchun qanday mikrobiologik usullar qo‘llaysiz?

  2. Meninigitga shubhalanilgan bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Tashqarida qish 20 daraja sovuq. SHunday sharoitda bemordan qanday to‘g‘ri ashyo olish va uni tekshirish uchun bakteriologik laboratoriyaga jo‘natish mumkin?

  3. Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemordan ashyo (tomoqdan shilliq) olib kelindi. Mikrobiologik tashhis rejasini tuzing.

  4. Bemordan olingan ashyo bakteriologi usulda tekshirilganda Corinebacterium diphteria ajratib olindi. Bu shtammning toksigenligini aniqlash uchun qaysi usuldan foydalaniladi?

  5. Sizni klinik ko‘rinishi ko‘kyo‘talga juda o‘xshash bo‘lgan bemor oldiga maslaxatga taklif qilishdi. Sizning hatti-harakatingiz. Uni izohlang.



Nazorat uchun savollar


  1. Havo-tomchi kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarni sanab bering.

  2. Havo-tomchi infeksiyasi kasalliklarida material olish va laboratoriyaga etkazish qoidalarini tushuntiring.

  3. Pnevmokokklarning biologik xususiyatlari. 4.Pnevmokokklarda biologik usul nima uchun qo‘llaniladi?

5.Epidemik meningitga gumon tug‘ilganda material qanday olinadi? 6.Bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisining qanday biovarlari bor?
7.Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining kultural xususiyatlari qanday? 8.Silning zamonaviy klassifikatsiyasi.

  1. Sil qo‘zg‘atuvchisining asosiy biologik xususiyatlari.

  2. Silda tuberkulin nima uchun ishlatiladi?

  3. Moxov kasalligiga xarakteristika va tashxis qo‘yish.

  4. Sil va moxov kasalligida profilaktika choralari nimadan iborat?


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə