Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə149/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209
Микро амалий китоб

Koprokultura najas olish. Ichakni yuqori bo‘limidan ajralayotgan suyuq najas olinadi. Ashyo olish vaqti kasallikni ikkinchi haftasidan bemor sog‘ayib ketguncha. Birlamchi ekish uchun oziq muhitlar: selinitli, Kaufman, Myuller, Endo, Ploskirev va boshqalar. Natijalarni olish vaqti: ohirgi natija to‘rt kundan so‘ng olinadi.

  • Urinokultura-siydik olish. Ashyo sifatida siydik olishdan avval steril fiziologik eritma bilan siydik chiqarish yo‘llari yuviladi, keyin siydikning 1chi qismi chiqarib yuborilgach, steril probirkaga 10-20 ml miqdorida olinadi. SHu zaxoti bu olingan ashyo boyituvchi oziq muhitga 1:1 nisbatda ekiladi. Ashyo olish vaqti: kasallikni ikkinchi xaftasidan boshlab sog‘ayguncha. Birlamchi ekish uchun oziq muhitlar: selinitli, Kaufman, Myuller, Endo, Ploskirev va boshqalar.

  • Najas, siydik olib tekshirish: Tif paratif salmonellalari kasallikning 2-3 haftasida o‘t suyuqligi bilan ichakka tushadi. SHuning uchun kasallikning kechgi diagnostikasida bemordan ahlat va siydik olib tekshiriladi. Tekshirish uchun 5-10 gramm ahlat steril probirka yoki bankalarga olinadi. Ahlatni paxta o‘ralgan tampon yordamida Ploskirev oziq muhitiga ekiladi. 2 kuni ya’ni 370S termostatda 18-24 soat turgandan keyin uni morfologik tuzilishi o‘rganilib qiya qotirilgan agarga ekiladi va 18-24 soatga termostatda qoldiriladi. 3 kuni sof kultura ajratib olingandan keyin ola chipor Giss qatoriga ekiladi, kengaytirilgan agllyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. 4

    kuni ola chipor Giss qatordagi o‘zgarishlar va agllyutinatsiya reaksiyasi hisobga olinib javob yozib beriladi.
    Bakteriya tashuvchilikka siydik olib tekshiriladi. Siydikdan 10-15 ml miqdorda toza probirkalarga olinadi. Avval siydik Ploskirev muhitiga ekiladi, keyin esa siydik cho‘kmasi ham shu oziq muhitga va o‘tli muhitga ekiladi. Bu holatlarda ham sof kultura ajratib olish indentifikatsiya qilishlar ham xuddi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda olib boriladi. Bakteriya tashuvchilikni aniqlashda bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyasidan (BGAR) keng foydalaniladi, Vi gemaglyutinatsiya bilan zardobda Vi- antitelalar borligi aniqlanadi. Agar BGAR da Vi diagnostikum bilan zardobda Vi –antitelalar borligi aniqlansa, demak kasal sog‘aysa ham bakteriya tashuvchi bo‘lib qoladi. SHuning uchun ham bemor shifoxonadan chiqishidan oldin 5 marta bakteriologik usul bilan ahlat, o‘t, qon zardobi tekshirilib keyin chiqariladi.

    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə