Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakterioskopik tekshiruv 1 kuni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə152/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   209
Микро амалий китоб

Bakterioskopik tekshiruv 1 kuni. Tekshirilayotgan materialdan (najas, qusiq) surtmalar tayyorlab Gram usuli yoki fuksinning suvdagi eritmasi bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, bo‘yalmagan (nativ) materialdan “osilgan” tomchi tayyorlab, oddiy
yoki fazo-kontrast mikroskop ostida vibrionlarning harakati aniqlanadi. Surtmalarda grammanfiy, biroz bukilgan tayoqchalarning (uzunligi 1,5 - 3 mkm gacha) va
«osilgan» tomchida vibrionlarning harakati aniqlanadi. Surtmalarda grammanfiy, biroz bukilgan tayoqchalarning (uzunligi 1,5 - 3 mkm gacha) va «osilgan» tomchida aktiv harakatchan vibrionlarning ko‘rinishi, birinchi marta dastlabki diagnozni tasdiqlovchi javobni berishga imkon beradi.
Vabo kasalligi o‘ta xavfli yuqumli kaalliklarga kirganligi sababli, uni aniqlash va bakteriologik diagnoz qo‘yish, kasallikni tarqalib ketishini oldini olishda muhim epidemiologik ahamiyatga ega.

Vabo vibrionlarini tezkorlik bilan aniqlash usullari


    1. Immobilizatsiya reaksiyasi (vibrionlarni vabo O1 qon zardobi bilan harakatsizlantirish ) . Buyum oynasi sathiga najasdan yoki peptonli suvning yuzidan olingan material tomiziladi, ikkinchi tomoniga fiziologik suyuqlik olinadi. Birinchi va ikkinchi olingan tomchilar yuzasiga vaboning O1 qon zardobi (1:100 suyultirilgan) tomiziladi va qovuzloq bilan aralashtirilib “ezilgan” yoki “osilgan” tomchi preparati

tayyorlanib, qorong‘ilatilgan yoki fazo-kontrast moslamali mikroskopda ko‘riladi. Agar taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, 3-5 minutdan keyin vibrion harakatsizlanadi.

    1. Immunflyuoressent usul. Tekshirilayotgan materialga (najas, qusuq) flyuoressensiya qiluvchi vaboga qarshi zardob bilan ishlov beriladi va lyuminessent mikroskop ostida tekshiriladi. Preparatda, vabo vibrioni bo‘lsa, hatto bir nechta bo‘lsa ham, hujayra atrofini gardishga o‘xshab o‘rab tiniq yashil nur taratib turgan vabo vibrionining ko‘rinishi taxminni tasdiqlaydi.

    2. BGAR qo‘yish. Peptonli suvni yuzasidan olinib probirkalardan bitasiga quyuladi, ikkinchi probirkaga esa fiziologik suyuliq kontrol sifatida olinadi. Har ikkala probirkaga ham vaboning eritrotsitar diognostikumi 3-4 tomchidan tomiziladi, agar reaksiya musbat bo‘lsa eritrotsitlar yopishib probirka tagiga zontik ko‘rinishda cho‘kadi, kontrol probirkada tugmacha ko‘rinishda bo‘ladi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə