Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə154/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209
Микро амалий китоб

Uchinchi bosqichi. YArim uglevodli muhitda o‘sgan vabo vibrioni kulturasining oxirgi identifikatsiyasi uning vabo fagiga sezuvchanligi, gemolitik xususiyatlari, biokimyoviy aktivligi va vaboga qarshi O-zardob, tipik agglyutinatsiya beruvchi Inaba va Ogava zardoblari bilan agglyutinatsiya berishiga ko‘ra o‘tkaziladi. SHunday qilib, kulturaning identifikatsiyasi 3 bosqichda o‘tkaziladi: 1) ularning Vibrio avlodiga mansubligi; 2) O1 qon zardobi bilan agglyutinatsiya reaksiyasini berishi, 3) spetsifik faglarga sezuvchanligi; 4) kulturalarning turga xos uglevodlarni fermentatsiyasi, proteolitik, gemolitik va boshqa belgilarini aniqlanadi.
Bakteriologik tekshiruvlar natijasini baholashdagi qiyinchiliklarga vabo vibrionlarining noaniq, birinchi navbatda O1-zardob bilan agglyutinatsiya bermaydigan (NAG - vibrionlar) vibrionlarni ajratishda duch kelish mumkin. NAG - vibrionlari spetsifik vabo faglarining biri bilan birga erib ketib (lizis) vabo vibrionlariga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Serodiagnostika. Serologik tekshirishlar qo‘shimcha tekshirish hisoblanib vaboning retrospektiv diagnostikasi, vibrion tashuvchilarni aniqlash, infeksiyadan so‘ng va emlangandan so‘ng immunitetni baholash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun, odatda agglyutinatsiya reaksiyasi yoki PGAR va IFU hamda vibriotsid antitelolar va antitoksinlar lizis reaksiyasi yordamida in vitro sharoitida aniqlanadi.

Profilaktikasi


Vabo vaksinasi. Vabo vibrionlarining o‘ldirilgan aralashmasi. Vaboga qarshi aktiv emlashda qo‘llaniladi. El-Tor hamda klassik vabo vibrionlarining Inaba va Ogava serotiplaridan tayyorlanadi.
Xolerogen-anatoksin. Suyuq oziqa muhitida o‘stirilgan va o‘ldirilgan vabo vibrionlarining aralashmasi. Preparat keraksiz moddalardan tozalanib, quruq holda ishlab chiqariladi. Vaboning maxsus profilaktikasida qo‘llaniladi.
Vabo fagi. Tipik vabo faglari vabo vibrionlarini farqlash va turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Polivalentli vabo bakteriofagidan davo-profilaktika maqsadlarida foydalaniladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə