Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə153/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqichi material har-xil suyuq va qattiq muhitlarga xususan flakondagi ishqoriy peptonli suvga (1% peptonli suv, 0,5% natriy
xlorid, 0,01% KNO3 va 0,2% Ka2SOz; rN - 9,0) va kosachadagi oziqli (ishqoriy agar, TSVS-agar, Mansur muhiti) agarlarga ekiladi. Peptonli suvga ekilganlarini 37°S da 5-6 soat, kosachadagilarini 10-12 soat davomida termostatda o‘stiriladi.
Ikkinchi bosqichi. 5- 6 soatdan keyin peptonli suvning yuzida vabo vibrioni yupqa parda hosil qilib o‘sadi. Hosil bo‘lgan pardadan yoki yuza qavatidan surtmalar va «ezilgan» «osilgan» tomchi preparatlari tayyorlanadi. Agar surtmada vaboga o‘xshash vibrionla topilsa, shu materialning o‘zidan buyum oynachasida vaboga qarshi spetsifik O1 zardob bilan (1:100 suyultirilgan) agglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Morfologik va tinktorial xususiyatlari vaboga o‘xshasa va agglyutinatsiya reaksiyasi O1 qon zardob bilan musbat bo‘lsa, peptonli suvning bir qismini nitrozaindol sinamasini o‘tkazish uchun boshqa probirkaga quyib olinadi va ustiga bir necha tomchi sulfat kislota quyiladi. Agar natija ijobiy bo‘lsa, vabo vibrioni ta’sirida ajralgan indol va nitratlardan nitrozaindol hosil bo‘lishi natijasida pushti rang paydo bo‘ladi.
Tekshirish natijasidan qat’iy nazar, material ikkinchi peptonli suvga ekiladi. O1- zardob bilan agglyutinatsiya beruvchi grammanfiy vibrionlarning aniqlanishi ikkinchi marta dastlabki javobni berish imkonini beradi. Sof kulturani ajratib olish va uni identifikatsiya qilish uchun (10 -12 soat) ishqoriy agarda va boshqa muhitlarda o‘sgan 5-6 ta bir tipdagi koloniyalardan foydalaniladi. Vabo vibrioni ishqoriy agarda katta bo‘lmagan disksimon tiniq S-koloniyalar hosil qiladi. Agar oziqli muhitdan yorug‘lik nuri o‘tkazilsa vabo vibrioni koloniyalari ko‘kimtir tovlanib turadi. Tiosulfat, sitrat, o‘t kislotasi tuzlari va saxaroza tutuvchi (TSVS) muhitda vabo vibrionlari saxarozani fermentatsiya qilgani uchun muhitdagi koloniyalari sariq ranga kiradi. Analizni tezlatish uchun koloniyalardan tayyorlangan bakteriya suspenziyasi bilan kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Buning uchun probirkalarda agglyutinatsiya beruvchi O-zardobni peptonli suv bilan titrigacha (0,5 ml hajmda) suyultiriladi. So‘ngra har bir probirkaga 1—2 tomchidan bakteriya suspenziyasi tomiziladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi natijasi 3-4 soat 37°S li termostatda saqlangandan keyin aniqlanadi. Vaboning sof kulturasini ajratib olish uchun shubhalangan koloniyalardan yarim uglevodli muhitlarga ekiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə