Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Gemagglyutinatsiya reaksiyasi bilan viruslarni titrini aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə42/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   209
Микро амалий китоб

Gemagglyutinatsiya reaksiyasi bilan viruslarni titrini aniqlash


GAR tovuq embrionidan olingan allantois suyuqligidagi virus titrini aniqlash, hamda virusni identifikatsiya qilishda GATR usulidan foydalanish uchun qo‘llaniladi.
Jadval 3.

Virusni titrini aniqlash uchun qo‘yiladigan GAR





Suyultirilgan virus
saqlovchi material

1/2

1/4

1/8

1/16

1/32

1/64

1/128

Eritrotsit
kontroli

Tovuq eritrotsitlarini 1 %
suspenziyasi

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4

0.4 + f/erit

Olingan natija
GAR +/─

++++

++++

++++

++++

+++

++

+



Qo‘yilgan tajribadan ko‘rinib turibdiki, allantois suyuqligida virusni titri 1/64 ga, GART uchun ishchi dozasi esa 1/32 ga teng ekan.




Viruslarni identifikatsiya (tiplarini aniqlash) qilish.


Viruslarning identifikatsiya qilish asosida ularning biologik aktivligini tip maxsuslikka ega bo‘lgan zardoblar bilan neytrallashga asoslangan. Uning oxirgi natijasi quyidagi belgilar asosida aniqlanadi:

  1. Sitopatik ta’sirini neytrallash

  2. Gemadsorbsiya reaksiyasini neytrallash

  3. Rangli reaksiyani o‘zgarishi

  4. Gemagglyutinatsiya reaksiyasini tormozlash

  5. Neytrallashni tajriba hayvonlarida aniqlash

Bundan tashqari viruslarning identifikatsiyasida immunofluoressensiya va DNK- DNK ( RNK- RNK) – gibridizatsiya usullari qo‘llaniladi.

Gemagglyutinatsiya reaksiyasini tormozlash usuli bilan virus tiplarini aniqlash.


Amaliyotda tarkibida gemagglyutinin tutuvchi viruslarning tipini aniqlashda (ortomiksovirus, paramiksovirus) identifikatsiyada qo‘llaniladi.
Jadval 4.
Virus tiplarini aniqlash uchun qo‘yiladigan GART

Suyultirilgan diagnostik zardob

Tajribadagi

Kontroldagi

1/10

1/20

1/40

1/80

1/160

Zardob

Virus

Eri-
tro-sit

1

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2





2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2





3

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2





Virus ishchi
dozasi (1/32)

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2



0.2



Tovuq eritrotsitlarini 1%
suspenziyasi

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

0.2

Xona haroratida 60 minut saqlanadi

Olingan natija GAR +/─

1

+

+

+

+

+



+



2













+



3

+

+

+

+

+



+



Qo‘yilgan tajribadan ko‘rinib turibdiki tovuq embrioni allantois suyuqlig‘idagi virus 2 chi qatordagi tipga xos diagnostik zardob bilan 1:10 - 1: 160 nisbatida neytrallandi, ya’ni tekshirilayotgan virus shu tipga mansub ekan.


Bakteriya viruslari (Bakteriofaglar)


Bakteriofaglar (bakteriya va yunoncha so‘z phagos eb yuboruvchi) –bakteriya hujayralariga maxsus kirishi va ularda parazitlik qilib, lizisga, o‘limga olib keluvchi bakteriya viruslari hisoblanadi.
Bakteriofaglar atrof - muhitda, suv havzalarida, tuproqda keng tarqalgan. SHu bilan birgalikda ularni ko‘pchiligi bakteriyalarda va boshqa mikroorganizmlarda va zamburug‘larda topilgan. SHuning uchun bakteriofaglar keng ma’noda umumiy so‘z bilan fag deb nomlanadi. Faglarni nomlashda lotin, yunon va rus alfaviti harflaridan, sonlardan foydalaniladi va ularning oldida bakteriya avlodi va turi yoziladi (E. coli T2 ). Qarindosh avlod va tur vakillarini nomlashda, ularning ajratib olingan manbasi nomi beriladi: kolifaglar, stafilofaglar, aktinofaglar va boshqalar.
Faglarni asosan elektron mikroskopda ularning ultrastrukturasi o‘rganiladi (rasm 31). Faglar shakli va struktura tuzilishi jihatdan bir nechta morfologik tiplarga bo‘linadi: ipsimon; mayda kubsimon (ba’zilarida o‘simtalar analogi bo‘lishi mumkin); spermatozoidsimon faglar, ya’ni kubsimon boshi va dum qismidan iborat bo‘lib, ustida qisqaruvchi va qisqarmaydigan yopqichlar mavjud bo‘ladi. Faglarni
o‘lcham 20 dan 800 nm gacha bo‘ladi. Faglar o‘zlarini tarkibida DNK yoki RNK tutadi. Faglarni nuklein kislotalari ikki ipli, bir ipli, chiziqli halqasimon bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik faglar ikki ipli halqasimon DNK tutadi. Struktura tuzilishlari viruslarga o‘xshash kapsid va kapsomerlar faglar shakllanishida qatnashadi, lekin faglarda simmetriya tiplari aralash bo‘ladi. Bosh qismi kubsimon simmetriyaga ega bo‘lsa dum qismida spiralsimon simmetriya tiplari uchraydi.



  1. rasm. T-4-Kolibakternofag: a-sxematik strukturasi (1-boshchasi; 2-naycha; 3-dum naychalari; 4-dum qismiga birikish joyi; 5-dum qismi qobig’i; 6-olti qirrali plastinka; 7-dum o’simtasi); b-fagning elektron mikroskopdagi tasviri; v-T-fagning rangli kompyuter tasviri

Faglarni antigen xususiyati. Bakteriofaglar guruh maxsus va tipmaxsus antigenlar tutadi va ular immunogen xususiyatga ega, organizmda maxsus antitelalar hosil qiladi. Bu antitelalar faglar bilan birikib ularni bakteriyaga qarshi litik xususiyatini neytrallashi mumkin. Tip maxsus xususiyati bo‘yicha faglar serotiplarga bo‘linadi.


Rezistentligi (chidamliligi). Viruslarga qaraganda tashqiy muhit faktorlariga ancha chidamli. Temperatura tasirida 65-70ºS o‘ladi, bundan tashqari UF nurlari va radiatsiyaning yuqori dozalari, kislota, farmalinlarga chidamli. Uzoq vaqt past temperaturada, quritganda saqlanib qoladi.
Faglarning yuqumliligi o‘ta maxsus bo‘lib, ma’lum bakteriyalarda ko‘payadi. Ularni maxsus strukturasiga nisbatan sezgir bakteriyalarda retseptorlar mavjud. Faglarni sezgir bakteriyalar bilan maxsus o‘zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: polivalent – qarindosh bakteriyalarda ko‘paya oladi; monovalent - ma’lum tur bakteriyalarda ko‘payadi; tipga xos – bakteriya turlarining aloxida tiplarida ko‘paya oladi.
Faglarni bakteriya bilan o‘zaro munosabati viruslarga o‘xshab produktiv, abortiv va integrativ ko‘rinishda kuzatiladi. Produktiv shaklida fag bakteriyani to‘liq lizisga uchratadi va fagning avlodlari hosil bo‘ladi. Abortiv formada, bakteriya lizisga uchramaydi va fagning avlodlari ham hosil bo‘lmaydi. Integrativ tipda esa fag bakteriyaning xromosomasiga kirib oladi va u bilan birga (profag) turadi. SHuning uchun faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati natijasida ular ikki xil ko‘rinishda, virulent va avirulent (mo‘‘tadil) bo‘ladi.
Virulent faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati produktiv tipda kuzatiladi. Ularning reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo‘ladi.
Mo‘‘tadil faglar virulent faglardan farqlanib ularning bakteriyalar bilan munosabati produktiv yoki integrativ bo‘lishi mumkin (rasm 30). Produktiv ko‘rinishda virulent fagdan reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va bakteriyaning lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag genomi bakteriya xromosomasiga kirib oladi va sinxron ko‘rinishda ko‘payayotgan bakteriya genomi bilan birga replikatsiya bo‘ladi, bakteriyani lizisga uchratmaydi. SHunday DNK saqlovchi faglar p r o f a g deb ataladi, bakteriya esa “l i z o g e n” li kultura deb nomlanadi, chunki bunday lizogenli bakteriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunday bakteriyalar profagni o‘z avlodlariga o‘tkazadi. Lekin, fag replikatsiyaga uchramaydi va o‘z naslini qoldirmaydi. Buning sababi bakteriya hujayrasida fagni transkripsiyasini to‘xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor ishlab chiqiladi. Repressorlar biotsintezini fag genlari boshqaradi. SHuning uchun bunday lizogenli bakteriyalarda boshqa faglarga nisbatan immunitet xosil bo‘ladi, ya’ni boshqa yaqin qarindosh faglar bakteriyaga kira olmaydi. Ammo, lizogen termini shu bakteriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini bildiradi. Buning
isboti sifatida, bakteriyalar tarkibidagi fag o‘z-o‘zidan spontan ravishda, yoki fizik, kimyoviy faktorlar ta’sirida vegetativ formaga o‘tishi va bakteriya hujayrasini lizisga uchratishi mumkin. Bakteriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, bakteriyadan ma’lum informatsiya saqlovchi genlarni o‘ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni boshqa bakteriyalarga



  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə