Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirish uchun kislorodsiz sharoit yaratish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə60/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   209
Микро амалий китоб

Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirish uchun kislorodsiz sharoit yaratish


usullari.
Mikroorganizmlarni ekib, o‘stirilganda ularning nafas olishini bilish muhim ahamiyatga egadir Bunda asosan 3 xil usul qo‘llaniladi: fizik, ximik va biologik usullar.
Fizik usuli. a)Vinyal Veyson usuli. Bunda probirkadagi oziq muhit eritilib 40°- 50° haroratgacha sovutiladi. So‘ngra probirkaga tekshirilayotgan material Paster pipetkalari bilan surib olinadi, keyin esa pipetkaning uchlari kavsharlanadi. 2-3 kunga termostatga qo‘yiladi.
b) vakkum sharoitida anaeroblarni o‘stirish usuli. Bunda vakkum sharoiti anaerostatlarda yoki eksikatorlarda hosil qilinadi.
b) YOnar sham usulida maxsus eksikatordan foydalaniladi, eksikator 2 qismdan 1 tor va keng qismlardan iborat.1- qism 2- qismdan maxsus setkalar bilan ajralgan. Keng qismga anaerob mikroorganizmlar ekilgan Petri kosachalar joylashtiriladi va uni o‘rtasiga yonayotgan sham qo‘yiladi. Eksikator og‘zi berkitib parafin (glitserin) bilan kavsharlanadi. Unda kislorod tugab sham o‘chgandan so‘ng eksikatorda kislorodsiz sharoit vujudga keladi. Eksikatorga belgi qo‘yiladi, 18-24 soat 370S li termostatga qoldiriladi.
v) Selofan xaltacha usuli. Bu usul bizning kafedramiz xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, teshiksiz qalin selofan xaltachaga anaerob mikrooorganizmlar ekilgan Petri kosachalari joylashtiriladi, xaltachaga tabiiy gaz solinadi (3 marta) siqib chiqariladi, bunda gaz kislorodni siqib chiqaradi, xalta og‘zi zich qilib bog‘lanadi va 37 0S termostatda qoldiriladi.
Tekshirilayotgan material oziq muhitlariga ekilgandan keyin probirkalar yoki Petri kosachalari anaerostatlarga joylashtiriladi va nasos yordamida ichidagi havo tortib olinadi, natijada vakkum hosil bo‘ladi.
Kimyoviy usuli. Tekshirilayotgan material Petri kosachasidagi oziq muhitlarga ekilgandan keyin eksikatorlarga joylashtiriladi. Eksikatorlarning tubida esa o‘ziga kislorodni so‘rib oluvchi ximik moddalar joylashtiriladi (piragalol). Eksikator 2-3 kunga termostatga joylashtiriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə