Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə56/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209
Микро амалий китоб

Ploskiryov muhiti (J baktoagari). Quruq holda chiqarilib, laktoza, brilliant yashili, o‘t kislotalar tuzlari, mineral tuzlar va indikator (neytral qizil) oziqli agardan iborat. Bu muhit faqat differensial-diagnostik bo‘lib qolmasdan, balki selektiv hamdir. CHunki u ko‘p mikroblarning (ichak tayoqchasi va boshqalar) o‘sishini to‘xtatadi va ko‘pgina kasal qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar (ich terlama, paratif, dizenteriya ko‘zg‘atuvchilar) ning o‘sishini ta’minlaydi. Laktoza manfiy bakteriyalar bu muhitda rangsiz, laktoza musbatlar esa, och qizil koloniyalarni hosil qiladi. Bu muhitning mexanizimi ham kislota hosil bo‘lishga asoslangan.
Uch qandli mochevina qo‘shilgan (Olkenitskiy bo‘yicha) muhit. 100 ml distillangan suvga 2,5 g quruq oziqli agar,1 g laktoza, 1 g saxaroza, 0,1 g glyukoza, 1 g mochevina, 0,02 g Mora tuzi, 0,03 g tiosulfat natriy,0,4 ml 0,4% qenol qizilini suvli eritmasi.

Klinik materiallardan bakteriyalarni ajratib olishda keng qo‘llaniladigan


oziq muhitlar



Tekshirilayotgan material

Qo‘llanilayotgan muhitlar

Ekish tartibi

CHipqon, flegmona yaralaridan yiring, to‘qima suyuqligi

QA, Qandli bulon, Endo, Saburo muhiti

Material gomogenizatsiyalanadi va 10-20% fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tayyorlanadi va
ekiladi.

Siydik

QA, Qandli bulon, Endo,
Saburo muhiti

0,002 ml. Gold usulida ekiladi

Balg‘am va bronx
yo‘llari yuvindisi

QA, qandli bulon, SHA,
Ploskirov, Saburo muhitlari

Tuginchalari bo‘lsa gomogenizatsiya
qilinadi, ekiladi.

Tamoq burun xalqumdan olingan
surtma

QA, SHA, sut yoki tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar

Meningokokk yuqumli kasalligiga shubha qilinsa SHA qo‘llaniladi.

Najas

Endo, Ploskirov, VSA, Saburo muhitlari, QA

Material gomogenizatsiyalanadi va 10% fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tayyorlanadi va
ekiladi.

Qin va uretra ajralmasi

KA, Endo, Saburo

10 % fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tayyorlanadi va
ekiladi.

Assit, orqa miya va
to‘qima suyuqliklari

KA, SHA, tioglikolli bulon

Material oldin sentrifuga qilinib kiyin
ekiladi.

Ko‘z, quloqdan olingan ajralma

KA, SHA, tioglikolli bulon, Saburo muhiti

Ekilgandan sung, tioglikolli bulonda qoldiriladi

Eslatma: QA-qonli agar; SHA –shokoladli agar; VSA-vismut sulfid agar.


Hammasi aralashtirilib rN 7,2-7,4 ketirilib probirkalarga quyiladi va 0,5 atmosferada avtoklavda sterilizatsiya qilinadi. Muhitni probirkada qiyalantiriladi uning ustunchasi 2-3 sm bo‘lishi zarur. Muhit oqish binafsha rangda bo‘ladi. Bakteriyalar uglevodni pachalasa kislota hosil bo‘ladi muhitning rangi sariq samon rangiga kiradi. Agar glyukozani parchalasa, faqat ustunchani rangi o‘zgaradi, qiyalantirilgan qismi qizaradi. Bakteriyalarda ureaza fermenti bo‘lsa, mochevina parchalanadi muhit ishqoriy tomonga suriladi va muhit qizarib ketadi. SHuning uchun ureaza musbat bakteriyalarda uglevodlarning parchalanganlik natijalari bu muhitda o‘rganib bo‘lmaydi, bunday holatlarda boshqa muhitlar qo‘llash tavsiya etiladi. Hozirgi kunda bu muhitlarning modifikatsiyalari chiqarilgan. Masalan Kliger


muhiti. Bu muhitda yuqoridagi hususiyatlardan tashqari temir sulfati qo‘shiladi. Bakteriyalar N2S hosil qilsa muhit ustunchasi qorayadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə