Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə64/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209
Микро амалий китоб

Proteolitik xususiyat. Oqsilni parchalash xususiyati bo‘lib, uni o‘rganish uchun mikroorganizm sutli, jelatinali, peptonli muxitga sanchib ekiladi. Agar

mikroorganizm oqsilni parchalasa sutni ivitadi, jelatinani suyultiradi, archaga o‘xshash shakl hosil bo‘ladi.

  1. Ammiak uchun reaksiya. Lakmus qog‘ozining ensiz tasmasi oziq muxitga tegmaydigan qilib qo‘yiladi. Qog‘ozning ko‘k rangga aylanishi ammiakning borligini ko‘rsatadi.

  2. N2S uchun reaksiya. Bakteriya kulturasi oziq muhitga sanchib ekiladi (ustunchasimon) oziq muhit tarkibidagi N 2S ni aniqlash uchun zarur bo‘lgan tuzlar aralashmasi FeSO4, NaSO3 natriy sulfit, yoki natriy tiosulfat bo‘lsa, oziq muhitida lakmus qog‘ozining ensiz tasmasi qora rangga kiradi.

v) Indol uchun reaksiya. Erlix usuli. Bakteriya kulturasi bo‘lgan probirkaga 2- 3 ml efir qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin bir necha tomchi Erlix reaktivi tomiziladi indol bo‘lsa pushti rangga bo‘yaladi.
2.Katalazani aniqlash uchun reaksiya. Buyum oynachasiga 1-3%li H2O2 eritmasidan bir tomchi tomiziladi va uni ustiga kovuzloq bilan bakteriya kulturasi qo‘yiladi. Katalaza H2O2 ni H2O va O2 gacha parchalaydi.


Amaliy ishlar bajarilishi




Amaliy ish 1.

Bemordan olingan yiringli materialni TSTA (tuxum sarig‘i qo‘shilgan) ga ekish.




Amaliy ish 2.

Bemordan olingan material fekaliyni Endo muhitiga ekish.


Amaliy ish 3.

Plastinkali agar tayyorlash va havoni sedimetatsion usulda ekish




Vaziyatli masalalar


  1. Vrach-bakteriolog shubhalanilgan qo‘zg‘atuvchini sof kulturasini ajratib oldi. Uning sofligini qanday aniqlash mumkin?

  2. Mikroorganizmlarni sof kulturasini ajratib olishda sun’iy oziq muhitlardan foydalaniladi. Lekin ular ma’lum talabalarga javob berishi shart. Bular qanday talablar va buni nima uchun bilish kerak?

  3. Bakteriologik laboratoriyaga bemordan ashyo sifatida najas olib kelindi. Bakteriologik tashhis qo‘yish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak?

  4. Bemordan olingan ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish va ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq muhitlar ishlatiladi?

  5. Bemordan olingan ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish va ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq muhitlar ishlatiladi?

  6. Anaerob infeksiya bor deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida jarohat ekssudati olindi. Qo‘zg‘atuvchining sof kulturasi qaysi usullar yordamida ajratib olinadi?




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə