Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Mikroorganizmlarga quritishning ta’siri



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə67/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209
Микро амалий китоб

Mikroorganizmlarga quritishning ta’siri.


Mikroorganizmlarni ta’sir etadigan fizikaviy faktorlar haqida so‘zlaganda quritishning ta’sirini ham aytish kerak. Mikrob normal yashashi uchun unga ma’lum miqdorda namlik kerak. Mikroorganizm suvsiz qoq quruq sharoitga tushib qolsa uning tanasidagi suv kamayadi va protoplazmasi qaqraydi va natijada mikrob hujayrasida hayotiy protsesslar sustlashadi so‘ngra esa yashash faoliyati to‘xtaydi. Quruqlikning mikroblarga zararli ta’sir etishiga asoslanib turli ovqat mahsulotlarini va hashaklarni uzoq saqlash uchun ularni quritish rasm bo‘lgan. Quritilgan olma, o‘rik, uzum, nok va boshqa mahsulotlarda mikroorganizm o‘sib ko‘paya olmaydi, chunki quritilgan mahsulotlarda mikrob o‘ziga kerakli suv topa olmasdan aksincha o‘z hujayrasidagi suvni yo‘qotib natijada o‘ladi va quritilgan mahsulot buzilmasdan uzoq saqlanadi. Ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni quritib saqlash qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lsa ham u vaqtlarda bu usullar fan orqali asoslanmagan edi. Hozirda esa bu usullar fan asosida qo‘llanilmoqda. Ko‘pchilik mikroorganilmar quritish ta’siriga chidamli bo‘lib, ma’lum vaqtlargacha o‘lmasdan saqlanishi mumkin. Masalan: Vabo vibrioni quritish ta’sirida 2 kungacha, shigellalar



  1. kungacha, o‘lat tayoqchasi 8, difteriya 30, qorin tifi 70, stafilokokklar va sil mikobakteriyalarni 90 kungacha tirik saqlanishi mumkin. Sil tayoqkchasi mikroorganizmi qurigan balg‘amda 10 oygacha, kuydirgi kasalligi batsillasi sporalari 10 yilgacha, zamburug‘larni ba’zilari 20 yilgacha saqlanishi mumkin. Agar mikrob kulturasini vakuumda sovuq sharoitda tezlik bilan quritilsa va buni havosiz joyda saqlansa u uzoq vaqt tirik turadi. Masalan, odatda quritilishga juda chidamsiz bo‘lib 1-2 kunda o‘lib qoladigan mikroblardan gonokokk kulturasini ana shu usulda quritilib saqlansa ular bir necha oy tirik turishi mumkin. Mikrobiologiya sohasida keyingi yillarda mikrob kulturasini saqlash uchun shu usuldan foydalanilmoqda. Quritish ta’sirida bakteriyalar oqsillari denaturatsiyasi va sitoplazmasining suvsizlanishi

kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sublimatsiya metodidan foydalaniladi. Bunda oziq-ovqatlarni saqlanishi 2 yil va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Sublimatsion quritishda qandlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa komponentlarni saqlanib qolishi ta’minlanadi. Vakkumda past haroratda quritish ta’sirida ayrim mikroorganizmlar o‘lmasdan qolishi mumkin. Bu metod esa sil kasalligiga qarshi qo‘llaniladigan tirik vaksina, toun, tulyaremiya, brutsellyoz, gripp va boshqa kasalliklarga qarshi uzoq muddatli va stabil vaksinalar ishlab chiqarish kulturalarini saqlashda ishlatiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə