Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə66/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209
Микро амалий китоб

Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar. Mikroorganizmlarga ta’sir etadigan fizikaviy faktorlarga quritish, harorat, yorug‘lik, atomosfera bosimi va harakatlar kiradi. Harorat ta’siri. Mikroorganizmlarni yashash uchun ma’lum harorat talab qiladi. Hamma mikroorganizmlarning haroratga bo‘lgan talabi bir xil emas. Harorat mikroorganizmlarga uch xil ta’sir etadi: mikrob uchun ba’zan qulay, ba’zan ortiqcha, ba’zan esa etarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Demak bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mikroorganizmlarni har bir turi uchun quyidagi uchta nuqtasi: optimal, minimal va maksimal harorat bor. Optimal harorat shundatsy haroratki bunda mikroblarni muayyan turi eng aktiv hayot kechiridai, ya’ni juda tez ko‘payib, yaxshi rivojlanadi. Ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar uchun 36-37 daraja issiq optimal harorat hisoblanadi. Mikroorganizmlarni rivojlanishi to‘xtaydigan past haroratni minimal temperatura deyiladi. Minimal temperaturada mikroorganizm o‘lmasa ham lekin ko‘payishdan to‘xtaydi, keyinchalik mikroorganizm normal haroratli sharoitga tushsa qaytadan ko‘paya boshlaydi. Ba’zan harorat mikrob uchun balandlik qilishi mumkin. Bunday haroratda mikroorganizmlar normal ko‘paya olmaydi, ko‘payishidan to‘xtasa ham lekin o‘lmasdan tirik saqlanadi. Bunday ta’sir etuvchi temperaturaga maksimal temperatura deyiladi. Maksimal temperaturada mikroorganizmlarni ba’zi xususiyatlari, chunonchi patogenlik xususiyati pasayib, o‘zgarib qolishi mumkin. Masalan kuydirgi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi B.anthracis uchun 42,50S issiq maksimal temperatura bo‘lib shu temperatura ta’sirida uning patogenligi pasayishi aniqlangan.
Temperaturaning mikroorganizmlarga har xil ta’sir etishini bilish juda zarur hisoblanadi. CHunki laboratoriyada biror mikrobni o‘stirib ko‘paytirishda u mikrob uchun optimal temperatura hosil qilishimiz kerak bo‘ladi. Mikroorganizmlarni o‘stirishda zarur bo‘ladigan temperatura yaratish uchun termostat apparatidan foydpalaniladi. Termosttat kichik shkafga bo‘lib uning ustki qismiga termometr o‘rnatiladi va issiqlikni avtomatik ravishda yo‘lga solib turuvchi termoregulyatori bo‘ladi. Ko‘pchilik patogen mikroblarni o‘stirish uchun termostatda 370S issiqlik hosil qilinadi. Past yoki yuqori darajali issiqlikda o‘sib ko‘payuvchi mikroorganizmlar uchun esa bu haroratni termoregulyator yordamida hosil qilinadi. Mikroorganizmlar taraqqiyot natijasida turli temperaturada yashashga moslashib qolganlar. Temperaturaga moslanish jihatdan tekshirilganda mikroorganizmlarni uch fiziologik gruppaga bo‘lish mumkin: 1) Psixrofillar ya’ni past darajali temperaturaga o‘rgangan mikroorganizmlar hisoblanib, ular uchun optimal temperatura 15-20 ni tashkil etadi. Ular O va 6 lik temperaturada ham yashashi mumkin. Psixrofillarga misol qilib fotobakteriya yorug‘lik beruvchi bakteriyalar, muz dengizida yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Ular zax uylarning tagidagi tuproqda va tashlandiq iflos suvlarda ham uchraydi. Ba’zi bir xillari muzxonada saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘payib, ularni buzishi mumkin. 2)Mezofillar ya’ni o‘rta darajali temperaturaga o‘rgangan mikroorganizmlar bo‘lib, ular uchun optimal temperatura 30-370S, maksimal temperatura esa 45 S ni tashkil qiladi. Mezofillarga saprofitlarning ko‘pchiligi chirish protsessini yuzaga chiqaruvchi bakteriyalar va ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar kiradi. 3)Termofillar ya’ni baland darajali temperaturaa o‘rgangan mikroorganizmlar bo‘lib, bular ham tabiatda ko‘p uchraydigan mikroorganizmlardir. Termofillar issiq suv chiqadigan buloqlarda, o‘simliklarda, tuproqni ustki qatlamlarida, suvda va boshqa joylarda uchraydi. Termofillar uchun 350S issiqlik pastlik qilib bu ularga minimal temperatura hisoblanadi. Ular uchun optimal temperatura 50-600S bo‘lib, +70-800S esa maksimal temperatura hisoblanadi.
Termofillarga Streptococcus thermophilus, ba’zi aktinomitsetlarni turlari misol bo‘la oladi. Termofillar orasida shunday bakteriyalar borki ularda issiqlik xosil qilish
xususiyati g‘oyat kuchli bo‘lib ularni termogen bakteriyalar deyiladi. Termogen bakteriyalar pigan, paxol, tamaki, paxta, donlarni nam xolda saqlaganda ularni qizdirib temperaturani 110 gacha etkazishi mumkin. Termogenlar ta’sirida qizib ketgan o‘simlik va boshqa organik moddalarning parchalanishi natijasida yonuvchi metan gazlardan metan gazi xosil bo‘ladi, buning natijasida qizib ketgan o‘simlik ba’zan o‘z o‘zidan yonib ketadi. Mikroorganizmlarda past va baland temperatura turlicha ta’sir etishi aniqlangan. Past temperatura umuman mikroorganizmlarga zararli ta’sir etmaydi. Ko‘p tekshirishlarning natijasi shuni ko‘rsatdiki, past temperatura mikroorganizmrga ta’sir qildirilgandan keyin ham yashab qolishi mumkin ekan. Masalan: vabo vibrioni 320S ta’sirida yashash qobiliyatini yo‘qotmaydi. Gripp virusi –700S da 6 oygacha, Koksaki virusi 400S da 1 yilgacha va undan ortiq davrgacha o‘z patogenligini yo‘qotmaydi. Mikrobga past temperatura doimiy ta’sir etish bezarar bo‘lgan xolda past temperaturadan keyin yana qaytadan issiq bilan ta’sir qilish bir necha bor takrorlansa mikrobga zararli ta’sir etishi isbotlangan. Masalan: qorin tifini qo‘zg‘atuvchi mikrob kulturasini muzlatib bir necha oy saqlansa u tirik qolishi mumkin. Lekin bu kulturani avval muzlatib keyin eritib shu tartibda bir necha marotaba takrorlansa bu kultura 7-8 takrorlanishida o‘lishi mumkin. Past temperatura mikrobni o‘ldira olmasa ham uning ko‘payishiga to‘sqinlik qilib bioximik faoliyatini to‘xtatadi. Past temperaturani mikrobga shu xilda ta’sir etishidan foydalanib tez buziluvchi turli ovqat mahsulotlarini muzda saqlash, ularni uzoq joylarga muzxonalik vagonlarda etkazib berishda foydalaniladi. Baland temperatura ya’ni temperaturani ko‘tarilishi patogen mikroorganizmlarga halokatli ta’sir etadi. 40-420S temperatura uzoq vaqt ta’sir etganda ba’zi mikroorganizmlar masalan zaxm qo‘zg‘atuvchisi oqimtir spiroxeta nobud bo‘ladi. Spora hosil qilmaydi ko‘pgina mikroorganizmlar suyuq muhitda 56-58-60-temperaturada 30-60 daqiqada halok bo‘ladi. Spora hosil qilmaydigan ko‘pchilik mikroorganimzlar 70 0 li temperaturada 5-10 minutdan so‘ng 100 li temperaturada esa darhol o‘ladi. Mikroblarning sporalari baland temperaturaga chidamlidir. Lekin turli mikrob sporalarining baland temperaturaga chidamliligi bir xilda emas, masalan kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi Bac. antracis ning sporasini 15 minutgacha qaynatilganda
o‘ldirish mumkin. Bakteriya sporalari 10-15 minut ba’zilari hatto bir necha soat qaynatishga ham chidamli bo‘ladi. Masalan: qoqshol kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Sl.tetani va botulizm kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Sl.botulinum ning sporasi 3 soatgacha qaynatilganda o‘lishi mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə