Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Avtoklav. Bu asbob bug‘ va bosim bilan sterillashga mo‘ljallangan. Quritish shkafi (Paster pechi)



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə72/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209
Микро амалий китоб

Avtoklav. Bu asbob bug‘ va bosim bilan sterillashga mo‘ljallangan.

  • Quritish shkafi (Paster pechi). Bu asboblarni ham hozirgi kunda turli xillari ishlatiladi. Bu asboblarda harorat 180-200 º S gacha ko‘tarilishi mumkin. Asosan haroratga chidamli laboratoriya idishlari va boshqa materiallarni sterillash uchun qo‘llaniladi.

  • Xolodilniklar (muzlatkichlar). Bakteriyalarni muzey kulturasini, oziqli muhitni, qon, vaksina, diagnostik zardoblar va boshqa biologik jihatdan aktiv preparatlarni past haroratda (4ºS atrofida) saqlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari ba’zi biopreparatlar juda past haroratli muzlatkich kameralarida ham saqlanadi. Bunday muzlatkich kameralarda harorat -20 ºS va undan ham past bo‘lishi mumkin.

  • Sentrifugalar. Bu asboblar yordamida patologik suyuq materiallarda (siydik, suv va boshqalarda) mikroorganizmlarni cho‘ktirib, ularning miqdorini oshirish va

    boshqa hujayralarni cho‘ktirish (qon elementlari) bir xil bo‘lmagan suyuqliklarni (emulsiyani, mikrob suspenziyasini) ajratib olishda ishlatiladi. Senrifugalar ayniqsa serologik laboratoriyalarda keng qo‘llaniladi. Laboratoriyalarda turli tezlikda aylanadigan senrifugalardan foydalaniladi.
    Koloniyalarni hisoblovchi asbob. YArim avtomat hisoblovchi acbob prujina moslama bilan ignaga ulangan. Igna Petri kosachasidagi koloniyalar ustiga biroz tekkiziladi va kosacha yuzasida iz qoladi. Bunda qo‘l bilan ushlaydigan qismi yuqoriga ko‘tariladi, natijada zanjir berkiladi, asbob hisoblay boshlaydi.





    1. rasm. Mikrobiologik maqsadlarda qo’llaniladigan asboblar: 1-Termostat; 2-Tarozilar; 3-Suv hammomi; 4-Quritish shkaflari.



    Odamning normal mikroflorasi. Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko‘p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari bilan favqulotda aloqada bo‘lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va mikrohayotning boshqa vakillari chaqaloqning terisi va shilliq qavatlari bilan kontaktda bo‘ladi. Odam organizmdagi mikroorganizmlar doimiy (autoxton fakultativ (alloxton) guruhlarga ajratiladi.
    Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo‘lsa, bularga qarshi organizm kurashishi zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab,
    foyda keltiradi, ko‘pchiligi esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy mikroorganizmlar makroorganizm hisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo‘lib odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog‘lom odamlarda uchrovchi mikroorganizmlar yig‘indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiotsenozini tashkil qiladi. “normal mikroflora” termini asosan sog‘lom odam organizimidan doimo va ko‘proq topiladigan mikroblar yig‘indisiga aytiladi.
    Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo‘lgan organlarida (yuqori nafas yo‘llari, oshqozon ichak sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma’lum biotoplarini, mikrobiotsenozini shakllantiradi. Har bir odam bitopida uchrovchi mikroorganizmlar o‘zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq qiladi. Eng kam mikroorganizmlar terida uchraydi va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2% tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16
    % halqum-og‘iz bo‘shlig‘iga to‘g‘ri kelsa 60-70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng boy organlar og‘iz bo‘shlig‘i, qin va yo‘g‘on ichak hisoblanadi.

    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə