Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Autoxton - mikroblar organizmga birinchi kunlarda tushib, umrning oxirigacha saqlanadi. Alloxton



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə73/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   209
Микро амалий китоб

Autoxton - mikroblar organizmga birinchi kunlarda tushib, umrning oxirigacha saqlanadi.
Alloxton-mikroorganizmlar organizmga tashqi muhitdan ifloslangan oziq- ovqatlar bilan immun tizim susayganda muayyan vaqtgagina tushadi.
Odam organizmida steril a’zo va to‘qimalar xam mavjud. Bularga qon, limfa, ichki a’zolar, bosh va orqa miya suyuqligi kiradi. Bunday tozalik nomaxsus ximoya omillari va immunitet xisobiga ta’minlanadi.

Organizmda uchraydigan autoxton va alloxton mikroorganizmlar.


Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini va uni o‘rganish. Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini o‘rganishda bakteriologik, ya’ni 1 ml suyuqlikda yoki 1 g tarkibidagi mikroorganizimlar o‘rganiladi, shilliq qavat mikroflorasi esa tamg‘a surtma usulida (bakterioskopik) aniqlanadi.
Bakteriologik tekshirish uchun material ovqatlanmasdan oldin ertalab yoki ovqatlanishdan 2 soat keyin og‘iz bo‘shlig‘i so‘lak suyuqligi steril probirkalarga yig‘iladi. Laboratoriyada so‘lakdan 1 ml olamiz va 9 ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu eritmalarni 101 dan 1010 darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi. Tekshirishning qolgan bosqichlari yuqorida keltirilgan usullardan farq qilmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblar va har bir bakteriyalarning 1,0 ml so‘lakdagi miqdori hisoblab topiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini bakterioskopik o‘rganish. Talabalar bir- birlaridan steril cho‘p (sterillangan tish kavlagich cho‘pi) bilan tish karashidan olib surtma tayorlashadi, Burri va Gram usullarida bo‘yab, mikroskopda ko‘rishadi va bakteriyalarni tasvirini chizib, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi bo‘yicha hulosa qilishadi. Teri mikroflorasi va uni o‘rganish. Teri mikroflorasini o‘rganishda ham bir necha usullar qo‘llaniladi. Teri mikroflorasini miqdoriy o‘rganilganda 1 sm2 teri yuzasi mikroflorsi aniqlanadi. Buning uchun steril tampon oziqli bulon bilan namlab olinib 1 sm2 teri yuzasidan surtib olinadi va kerakli oziqli muhitlarga ekiladi. Oziqli muhitda o‘sgan koloniyalar sanalib 1 sm2 teridagi mikroblar miqdori (KHQB) ko‘rsatiladi. Sanitariya epidemiologik tekshiruvlarda, neytral bulon bilan namlangan steril tampon bilan barmoqlardan va teridan yuvindi olinadi. Bundan tashqari talabalar bormoqlardan tamg‘a surtma usulda GPA ekishadi va teri mikroflorasiga
epidemiologik baho berishadi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə