Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriyalar virulentligi yoki toksinning ta’sir kuchini aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə76/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalar virulentligi yoki toksinning ta’sir kuchini aniqlash.


Tekshiriladigan preparatlar ma’lum dozalarda bir guruh laboratoriya hayvonlariga yuboriladi. Keyinchalik ular halokatini ro‘yhatga olib boriladi va preparatning o‘ldiradigan miqdori aniqlanadi. Bu tajribani o‘tkazishda hayvonlarning turi, jinsi, og‘irligi, ularning yashash sharoiti, ovqatlanishining to‘liqligi va boshqalar bir hil bo‘lishi lozim. O‘n martadan suyultirilgan bir qator toksin (yoki bakteriya kulturasi) bir guruh hayvonlarga yuboriladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ulap bir guruhda o‘lgan hayvonlar soni belgilanadi va LD50 hisoblab chiqariladi.
Jadval 5.

Bakterial toksinlar xarakteristikasi





Xususiyatlari

Ekzotoksinlar

Endotoksinlar

Uchrashi

Gram musbat va gram
manfiy bakteriyalarda

Gram manfiy
bakteriyalarda

Joylashuvi

Hujayra ichida va
tashqarida

Hujayra ichida

Kimyoviy tabiati

Oqsil, peptidlar

“LPS-oqsil” kompleksi

100º S stabilligi

Stabil emas

Stabil

Formaldegid bilan
inaktivatsiyaga uchrashi

Inaktivatsiyaga uchraydi

Inaktivatsiyaga
uchramaydi

Gomologik AT bilan
neytralizatsiya bo‘lishi

To‘liq neytralizatsiya
bo‘ladi

Qisman neytralizatsiya
bo‘ladi.

Biologik aktivligi

Har bir toksin uchun
individual

Hamma toksinlar uchun
umumiy.

Zaharliligi

Juda kuchli

kuchsiz



Dermotonekrotik sinama. Quyon terisi orasiga ingichka ignali tuberkulin shpritsi bilan 0,2 ml bulonli tekshirilayotgan kultura yuboriladi. 2-3 sutkadan so‘ng kultura yuborilgan erda - terida nekroz hosil bo‘lsa, u holda namuna musbat hisoblanadi.
Keratokon’yunktival sinama. Bakteriyaning bir kecha-kunduzli, agarli kulturasini diametri 5 ml bo‘lgan standart qovuzloq bilan dengiz cho‘chqachasi ko‘zining pastki qismiga yuboriladi. 2-4 kundan so‘ng ko‘zning shilliq. qavatlari qizaradi, muguz parda xiralashadi, yiring paydo bo‘lib, yara hosil bo‘lishi mumkin (SHeren sinamasi), ya’ni keratokon’yunktivit namoyon bo‘ladi.

Bakteriyalarshshg invazivlik xususiyatini ta’minlaydigan fermentlarni aniqlash.


  1. Gialuronidaza gialuron kislotani gidroliz qiladi, natijada gialuron kislota sirka kislotasi bilan birgalikda mutsin hosil qila olmaydi. Bu fermentni aniqlash uchun, tarkibida gialuron kislotasi bo‘lgan substratli probirkaga bir sutkali bakteriya kulturasi yoki bulonli kulturaning filtrati tomiziladi va 15 min davomida 37°S da termostatga qo‘yiladi. So‘ngra ustiga 2-3 tomchi kuchli sirka kislotasi tomiziladi. Gialuronidaza bor probirkada ivish hosil bo‘lmaydi.

  2. Plazmakoagulazani aniqlash uchun tekshirilayotgan kulturani, quyonning (1:5 nisbatda suyultirigan) 0,4 ml steril sitrat plazmasiga ekiladi. 2-5 soatga 37°S da termostatga qo‘yiladi. Agar ferment bo‘lsa, plazma iviydi va kontrol probirkada plazma suyuq holda saqlanadi.

  3. Gemolizinni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan kulturani Petri kosachasidagi qonli agarga ekiladi. Ular 37°S da termostatda bir sutka davomida saqlanadi. Agar natija musbat bo‘lsa u holda mikrob koloniyasi atrofida gemoliz zonalari hosil bo‘ladi.

  4. Letsitovitellazani aniqlash uchun tuxum sarig‘ini tuzli agarga tekshirilayotgan kultura ekiladi va termostatda bir sutka davomida saqlanadi. Muhitda letsitovitellaza hosil qilgan bakteriyalar koloniyasi atrofida sadaf rangli halqa hosil bo‘ladi (tekshirilayotgan bakteriya fermenti tovuq tuxumi sarig‘idagi letsitinni parchalaydi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə