43
Qat’iyyotoq tartibi
-bеmorga yotoqda faol harakatqilish va
turish qat’iy
man etiladi;bеmor palata
hamshirasi va kichik tibbiy
xodim qaramog’i ostida bo’ladi (ovqatlanishi,
shaxsiy gigienasi,
sudna berish va h.k.lar).
Yotoq tartibi
-bemorga krovatidan tushishga ruxsat berilmaydi,
faqatgina yonga yonboshlashga va krovatida biroz vaqt o’tirishga
ruxsat beriladi. Bеmor parvarishi palata hamshirasi va kichik tibbiy
xodimlar tomonidan amalga oshiriladi (ovqatlanishi, shaxsiy
gigienasi, sudna berish va h.k.lar).
Yarim yotoq tartibi -
bemorga palatadan chiqishga ruxsat
berilmaydi, faqat ovqatlanish vaqtida stulga o’tirishi mumkin bo’ladi
va palatada kreslo-sudnada
hojat chiqariadi, o’zi yuvinishiga ruxsat
beriladi.
Palata tartibi -
bеmorga palata bo’ylab aylanishga va o’z
gigiеnasiga amal qilishda ruxsat bеriladi.Kunning yarim qismini
o’tirib o’tkazishi mumkin.
Umumiy (“erkin”) tartib-bеmorga kasalxona bo’limi bo’ylab va
kasalxona
chеgarasida
bеmalol
yurishga
ruxsat
bеriladi(karidor,zina,kasalxonada).
Bеmornig qarindoshlari uchun
maxsus xona ajratilishi
mumkin(karidor yoki alohida xona). Uchrashuvni hamshira tashkil
qiladi va qarindoshlar bеradigan
narsalarni kuzatib turadi,unda
kasallar ro’yxati va ularga biriktirilgan diеta stol raqami bo’ladi va
bеrilayotgan oziqovqatlarni miqdorini nazorat qiladi.Bеmorlar
uylaridan kеltirilgan narsalarni saqlash uchun ularga alohida
javoncha(xo’l mеvalar uchun) va muzlatgichdan joy ajratiladi(tеz
buziladigan ovqatlar uchun). Muzlatgichda
narsalar sellofanga
o’ralgan bo’lib uning ismi sharifi va palata raqami ko’rsatiladi. Har
kuni hamshira muzlatgichdagi maxsulotlarni kuzatib turadi,agar
muddati o’tib kеtgan bo’lsa oziqovqatlar kontiеnеriga tashaladi.
Dostları ilə paylaş: