66
"Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir.
Yangi tug‟ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham,
aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi
qabilaning vakilini ham,
madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb
hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial
fazilat kashf etadi, shaxs bo‟lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam
keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi,
ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng
asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma‟lumki kishi ongi faqat
jamiyatda, boshqalar bilan o‟zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani
o‟zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham
faqat jamiyatdagina shaxsga
aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin
shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‟lmaydi. Shaxs ijtimoiy
tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‟zlashtiradi, o‟zi uchun o‟zgartiradi - bu
jarayon davomida o‟zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning
o‟zi hayot uchun yo‟l tanlashida, bu yo‟lni egallashida, hayotda o‟z mavqei va
o‟rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta‟sirlar, shu
jumladan ijtimoiy ta‟sirlar ham uning ichki dunyosi,
psixologiyasiga qarab turli
odamlarga turlicha ta‟sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‟quvchilarga
turlicha ta‟sir qiladi.
Shaxsni faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‟atshunoslik,
estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‟rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsialligi, ongi va tilidir.
Inson shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individuallik - shaxs
psixologik, ijtimoiy, fiziologik xususiyatlari birikmalarining qaytarilmasligidir.
Shaxsning individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarining
dinamikasi, hissiyotlari,
faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga
67
o‟xshashlarning yig‟indisiga bog‟liq. Bularning hammasini birga qo‟shib,
mujassamlashtirsak, ikkita bir xil odam bo‟lmagan va bo‟lmaydi ham.
Har bir odam o‟ziga mansub bo‟lgan sinf millatiga xos ko‟pgina umumiy
sifatlarga ega bo‟lishi bilan bir qatorda o‟zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu
sifatlar uni takrorlanmas individuallikka aylantiradi. Olamda ikkita bir xil kishi
yo‟q. Individuallik kishining o‟ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter
xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid
fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga
xos uslubida va hakozalarda namoyon bo‟ladi. Zikr etilgan psixologik
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‟zida mujassamlashtirgan odam yo‟q -
inson shaxsi o‟z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat birta
jihati bo‟lib hisoblanadi, xolos.
Ma‟lumki, odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‟qishda, ishda,
davrada) bo‟ladi. Har bir guruhda o‟ziga xos, ba‟zan
butunlay bir-biriga
o‟xshamaydigan rollarni o‟ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‟pincha odam har
turli vaziyatlarda o‟xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-qarshi
ko‟ringan xususiyatlarning namoyon bo‟lishida umumiylik bor.
Ana shu shaxs sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini
ko‟rsatadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari
har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‟zini tutishi
o‟zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma‟lum darajada barqaror bo‟lib
qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs
sifatida xarakteristika berish, uning ma‟lum vaziyatlarda o‟zini
qanday tutishini
oldindan belgilashning asosi bo‟lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: