Kasbiy ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili. Reja


Rivojlangan xorijiy davlatlar (Germoniya, Fransiya, AQSH, Italiya va Yaponiya)dagi kasbiy ta’lim



Yüklə 89 Kb.
səhifə2/3
tarix26.05.2023
ölçüsü89 Kb.
#113119
1   2   3
10-Mavzu Kasbiy ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili (chet el t

2.Rivojlangan xorijiy davlatlar (Germoniya, Fransiya, AQSH, Italiya va Yaponiya)dagi kasbiy ta’lim.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishlab turganligi, Germaniya, Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ulanayotganligi ko‘pchiligining faoliyati o‘quv dasturini takommillashtirish va qayta qurishga qaratilganligiga e’tibor qaratiladi.
O‘quv dasturlarini qayta kurib chiqish, o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv usul bilan amalga oshirilgan bo‘lib, talabalar ushbu yo‘nalishlar mohiyatini o‘rganishlari lozim.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e’tiroficha maqbul hisoblanadi.
1961 yilda "Bosh yangi bazis" tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi.
Buning mohiyati shundaki, ingiliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi.
Har bir yo‘nalish o‘z navbatida bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kompyuter texnikasini qo‘llashdan iborat barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritildi. 1985 yildan etiboran barcha yuqori bosqich kollejlarning to‘qson foizi shu besh bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bilan ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik bo‘yicha ta’lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib o‘rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashtirildi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta’lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Xatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingiliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa iqtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
80 yillardan boshlab AQSH da o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingiliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyorida qoldirildi.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayapdi. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlangich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mexnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.
Aftidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana shu yo‘nalish asosida qurilmoqda. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. Shu tufayoli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yldan ylga - oshib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 80 yillarda AQSH o‘quvchilarining 50 yillarga nisbatan reyting ko‘rsatkichi 973 dan 893 ga tushib ketgan, Fransiyada ham 3 lisey bitiruvchilari va lisey sohasida faoliyat ko‘rsatuvchidan biri muvoffaqiyatsizlikka uchrayotganligi ta’kidlanadi.
Ta’limda ro‘y berayotgan bu salbiy holatni bartaraf etish to‘ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To‘ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassalarida, maktab va liseylarda amalga oshrilmoqda. AQShda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o‘quv kanali orqali 130 soatlik o‘quv ko‘rsatuvlari tashkil etgan. O‘quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha chet mamlakatlarning ko‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Chet el amaliyotida o‘quvchilarni tabaqalatirish odatda boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshirilayotganligi, fransuz pedagoglari esa sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga:
1.Gomogenlar- matematika va gumanitar yo‘nalishda ish olib borsa bo‘ladigan o‘quvchilar;
2.Yarim gomogen- tabiiy sikldagi fanlarni o‘zlashtira olishga moyil o‘quvchilar;
3.Gegeron- barcha predmetlardan har xil saviyada o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga ajratganlariga to‘xtab o‘tiladi.
Xulosa qilib aytganada, XX asrning 80-yillarida chet davlatlarda o‘zlashtirmovchi va ulgurmovchi o‘quvchilarning ko‘payib ketishi tabaqalashtirilgan ta’limga ehtiyoj tug‘ilganligiga olib keldi.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə