Kegl cc pechat indd


 Qattiq jismlarda tovush tarqalishi



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134
6-sinf Fizika

3. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi.
Buni o‘rganish uchun 
o‘yinchoq telefon yasaymiz. Yog‘ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini 
olib, uning donalarini chiqarib qo‘yamiz. Har birida bittadan cho‘pni 
qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib 
cho‘plarga bog‘laymiz. Qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. 
Telefon tayyor! O‘rtog‘ingizga birini berib, qulog‘iga tutishini so‘rang. 
O‘zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, 
o‘rtog‘ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd 
yo‘li relslariga quloq tutgan odam, poyezdni ko‘rmasa-da, uning 
kelayotganini eshitadi. Ba’zi filmlarda «hindu»larning yerga yotib 
otliqlar yoki hayvonlar to‘dasi yaqinlashayotganini bilib olganligini 
ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Qattiq jismlarda tovushning tarqalish tezligi 
eng katta ekanligi 5-jadvaldan ko‘rinib turibdi.
5-jadval
Gazlar

, m/s 
0
°
C da
Suyuq liklar

, m/s 
20
°
C da
Qattiq 
jismlar

, m/s
Uglerod (II) oksid
338
Glitserin
1923
Alyuminiy
6260
Azot
333,6
Dengiz suvi
1490
Temir
5850
Argon
319
Simob
1451
Mis
4700
Kislorod
316
Atseton
1192
Kumush
3620
Xlor
206
Etil spirti
1188
Oltin
3240
Amaliy topshiriq
1. Suvni isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqadigan ovoz-
larni yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling.
2. 
Imkoniyatingiz bo‘lsa, ovozingizni magnitofonga yoki qo‘l 
telefonga yozib, eshitib ko‘ ring. Ovozingizni tanidingizmi?


161
1. Nima sababdan ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan odamlarning qulog‘i 
sezgir bo‘ladi?
2. 
Ovoz qaysi paytda uzoqqa boradi: issiq kundami yoki sovuq 
kundami? Sababini tushuntirishga harakat qiling.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə