Kegl cc pechat indd


Karnay va surnaylarda ovoz qanday hosil qilinishi haqida o



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134
6-sinf Fizika

Karnay va surnaylarda ovoz qanday hosil qilinishi haqida o

ylab 
ko

ring.
1. Nima sababdan musiqani doim baland ovozda eshitadigan yoki 
uzluksiz «audio pleyer» eshitib yuradiganlarning qulog‘i sezgirligi 
kamayib ketadi?
2. Tabiatda qanday hodisalar tovush chiqarish bilan birga ro‘y 
beradi?

Chastotasi 7–9 Hz bo‘lgan infratovush insonlarga yomon 
ta’sir ko‘rsatadi. U bosh aylanishni, qayt qilishni vujudga 
keltiradi. Ko‘proq muddat ta’sir etsa, o‘limga olib kelishi ham mumkin. 
Shunday voqea kuzatilgan. Mamlakat poytaxtlarining biridagi teatrda 
tragediya ko‘rsatilgan. Tomosha paytida «Organ» deb ataluvchi musiqa 
asbobi chalinishi kerak edi. Sahnadagi fojianing tomoshabinlarga 
ta’sirini kuchaytirish maqsadida teatrning musiqaviy mexanigi organ 
trubalarini biroz o‘zgartiradi. Tomosha boshlanib, musiqachi organ 
klavishlarini bosa boshlaganda zaldagi odamlarda qandaydir qo‘rquv 
hissi uyg‘ona boshlagan. Natijada odamlar dastlab birin-ketin, keyin 
yoppa siga teatrdan qochib qolgan. Tekshirilganda organdan infratovush 
chiqayotgan bo‘lgan. Hozirgi kunda infratovushning inson salomatligiga 
ta’siri o‘rganilgan va shovqinlar manbai bo‘lgan joylarda infratovushlar 
bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.


159
58-MAVZU
TOVUSHNING TURLI MUHITLARDA TARQALISHI
126-rasm.
Tovushning tarqalishini o‘rganish uchun 
1660-yilda 
Robert Boyl
shunday tajriba 
o‘tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni 
qo‘ygan. Bunda soatning chi 
qillab yurgan 
ovozi bemalol eshitilib turgan (126-rasm). 
Shundan so‘ng qalpoq ichidagi havoni 
so‘rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan 
ovozi pasayib, oxirida bu 
tunlay eshitilmay 
qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun 
muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo‘q. 
Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda 
uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil bo‘ladi. So‘ngra 
siqilish va kengayish havo zarralari orqali atrofga tarqaladi.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə