Kegl cc pechat indd



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
6-sinf Fizika

VII
BOB
Bu bobda Siz:
– tovush manbalari va qabul qil-
gichlari;
– tovushning turli muhitlarda tar-
qalishi;
– tovush kattaliklari;
– tovushning qaytishi, aks sado;
– 
tovushlardan texnikada foyda-
lanish;
– musiqiy tovushlar va shovqinlar;
– tovush va salomatlik;
– me’morchilik akustikasi haqidagi 
bilim lar bilan tanishasiz.
TOVUSH
 
HODISALARI
HAQIDA DASTLABKI
MA’LUMOTLAR


156
KIRISH SUHBATI
Har kuni biz turli tovushlar ta’sirida bo‘lamiz: gaplashayotgan 
odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi 
musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga 
yoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko‘ra, kayfiyatimiz yaxshi 
bo‘lib, unumli ishlaymiz, o‘qiymiz yoki aksincha bo‘ladi. Tovush orqali 
insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatda 
rivojlanish bo‘ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o‘rganib 
olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o‘rganib, turli xil musiqa 
asboblarini yaratgan. Tovushni sun’iy ravishda hosil qiladigan elektr 
musiqa asboblarini o‘ylab topgan. Buni siz to‘ylarda, konsert zallarida bir 
necha o‘n musiqachi o‘rniga, bittagina «ionik» deb nom qo‘yib olishgan 
elektr musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni chiqarayotgan 
boshqaruvchi misolida ko‘rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush 
turidan tibbiyotda ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda 
foydalaniladi. Tovushning shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor 
mahsulot larning sifatini aniqlashda, dengiz va okeanlarda masofalarni 
o‘l chashda va hokazolarda foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlar 
ba’zi kimyoviy jarayonlarni tez 
lashtirishda, mashina va mexanizmlarning 
mayda, nozik qismlarini tozalashda ham qo‘llanilmoqda.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə