Kegl cc pechat indd


-MAVZU TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134
6-sinf Fizika

20-MAVZU
TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT 
HAQIDA TUSHUNCHA. TEZLIK VA UNING BIRLIKLARI
Qadimda ota-bobolarimiz bir mamlakatdan ikkinchisiga yoki bir 
shahardan ikkinchisiga ot yoki tuyalarda qatnaganlar. Bunda manzilga 
yetish uchun haftalab, hatto oylab yo‘l yurganlar. Hozirgi kunda esa 
dunyoning istalgan burchagiga bir kunda yetib borish mumkin.
Negaki insonni bir manzildan ikkinchi manzilga eltuvchi vositalar 
tezroq harakatlanadigan bo‘lgan. Demak, jismlar bir-biriga nisbatan 
ayrimlari tezroq, ayrimlari sekinroq harakatlanar ekan. Uni ifodalash 
uchun 
tezlik
deb ataluvchi fizik kattalik kiritiladi.
Tezlik 
deb
 
vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘lga aytiladi.
Tezlikning inglizcha nomi 
velocite
ning bosh harfi 

bilan 
belgilanadi.
Tezlik =
Bosib o‘tilgan yo‘l
Yo‘lni o‘tish uchun ketgan vaqt

υ
 
=
,

– tezlik, 
s
– bosib o‘tilgan yo‘l, 
t
– yo‘lni o‘tish uchun ketgan vaqt.
Tezlikning birligi
.
Velosipedchining tezligi 
ga teng bo‘lsin.
Bu 1 s davomida velosipedchi 10 m yo‘l bosib o‘tadi deganidir. 
Odatda, avtomobil tezligini 
larda o‘lchanadi. Avtomobil tezligi 80
bo‘lsa, bunday avtomobilda 1 soat mobaynida 80 km yo‘l bosib 
o‘tiladi.
Agar 1 km = 1000 m va 1 soat = 3600 s ekanligi hisobga olinsa:
Avtomobil tezligi 72
bo‘lsa, uni 
larda quyidagicha ifodalanadi:
Agar biror jism harakati davomida bir xil tezlik bilan harakatlansa 
yoki istalgan teng vaqtlar ichida teng masofalarni bosib o‘tsa, 
bunday harakatga
 
tekis harakat
deyiladi.


50
Bunga misol sifatida havoda tarqalayotgan tovushni, 
radioto‘lqinlarni olish mumkin. Soat strelkalarining uchi tekis harakat 
qiladi. Avtomobillar qisqa vaqt davomida tekis harakat qilishi mumkin.
Kundalik turmushda harakatlanayotgan jismlarni kuzatsak, ular-
ning notekis harakat qilishlarini ko‘ramiz. Masalan, bekatdan chiqib 
harakatlanayotgan avtobus o‘z tezligini oshirib boradi. Bekatga yaqin-
lashayotganda esa tezligini kamaytirib to‘xtaydi.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə