Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

2017-2021-yillarda
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 
tayyorlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yetishtirilayotgan 
paxtadan olingan tolaning 40 foizi qayta ishlanmoqda, 
qolgani tabiiyki, chetga eksport qilinmoqda. Hisob- 
kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, xomashyo emas, ip- 
kalavani eksport qilsak, tolaga nisbatan 1,4 marta 
ko‘p mahsulotni eksport qilamiz. Agar paxtani tayyor 
mahsulot qilib sotadigan boisak, eksport xajmi 
6 barobar ko‘payadi.
22


Bu faqat valuta tushumi ko‘payadi degani emas. 
Bundan yangi ish o‘rinlari ham ko‘payadi, budjetga 
qo‘shimcha soliqlar ham ko‘payadi. Eng muhimi, 
xalqimiz farovonligi oshadi.
Dasturga muvofiq yaqin besh yilda 2 milliard 
200 million dollar investitsiya jalb etib, 120 ta 
yangi korxona tashkil etiladi, 20 ta mavjud korxona 
modemizatsiya qilinadi. Natijada mamlakatimizda 
to‘qimachilik, tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi 2,2 barobar ko‘payadi.
Shuningdek, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab 
gazlama, tayyor tikuv buyumlari, paypoq va kiyim- 
bosh mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan valuta 
mablag‘larining bir qismini tijorat banklariga sotish 
tartibi bekor qilinadi.
Andijon viloyatida ham umumiy qiymati qariyb 
220 million dollar boigan 14 ta investitsiya loyihasi 
amalga oshiriladi. Misol uchun, Qo‘rg‘ontepa tumanida 
qiymati 110 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, 
yiliga 33 million metr kvadrat ip-gazlama, 11 million 
metr kvadrat pahmoq, 3,5 million dona pahmoq buyum 
ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, 
qurilish materiallari ishlab
chiqarish sohasida 
va boshqa tarmoqlarda 413 ta 
loyiha amalga oshiriladi.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə