Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
dasturi 
doirasida kelgusi yilning o‘zida 61 ta loyihani amalga 
oshirish rejalashtirilgan boisa, kelgusida har yili 100 
dan ortiq loyiha joriy etiladi.
Viloyatda kelgusi besh yilda hududiy eksport 
hajmini kamida 1,6 barobar oshirish, eksportchi
23


korxonalar sonini 2 barobar ko‘paytirish bo‘yicha 
tegishli ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog‘i boigan 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va modernizatsiya
qilish 
borasida ham oldimizda katta vazifalar turganini 
biz yaxshi tasaw ur qilamiz.
Awalo, rizq-ro‘zimiz manbai boigan yer va suv 
resurslaridan oqilona foydalanish, ko‘ptarmoqli fermer 
xo‘jaliklarini rivojlantirish, irrigatsiya-melioratsiya 
tizimini yaxshilash, har bir tumanda parrandachilik
baliqchilik, asalarichilikni y o ig a qo‘yish, muqobil 
energiya manbalari asosida issiqxonalar tashkil etish 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur deb 
hisoblaymiz.
Ayniqsa, jahon miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi 
tobora dolzarb b o iib borayotganini inobatga olgan 
holda, yer maydonlarini optimallashtirish hisobidan 
kelgusi besh yilda go‘sht va sut ishlab chiqarishni 
kamida 1,3 barobar, tuxumni - 2 marta, kartoshkani -
1.2 karra, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni -
1.3 barobar ko‘paytirish, shuningdek, ulami qayta 
ishlashni kengaytirishni o‘z oldimizga vazifa qilib 
qo‘yganmiz.
Viloyatda 
axborot-kommunikatsiya texnologiya-
larini rivojlantirish, 
hokimliklar, idora va tashkilotlar, 
korxonalarda ulardan keng foydalanishni ta’minlash 
bo‘yicha tizimli ishlami amalga oshirish bugungi 
kun talabi ekani hech kimga sir emas. Shundan kelib 
chiqib, 380 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa 
tarmoqlarini barpo etish, mobil aloqa xizmatlarini 
kengaytirish uchun 75 ta tayanch stansiya qurish,
24


eskirgan telefon stansiyalari o‘mida yangi stansiyalar 
barpo etish e’tiborimiz markazida boiadi.
Xonobod shahri, Andijon, Jalaquduq, Xo‘jaobod 
va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 7 ta raqamli teleuzatgich 
qurilmasini o‘matish, viloyat hududini raqamli 
televideniye bilan qamrab olish darajasini 100 foizga 
yetkazish belgilab qo‘yilgan.
Muhtaram yurtdoshlar!
Tan olib aytishimiz kerakki, biz ko‘pincha viloyat 
miqyosidagi masalalarga e’tibor qaratib kelamiz. 
Vaholanki, har bir tuman, shahar va qishloqning o‘ziga 
xos xususiyati, sharoiti va muammosi bor. Ular, hech 
shubhasiz, odamlaming hayotiga ta’sir qiladi, ulaming 
e’tiroziga sabab boiadi. Buni hisobga olmaslik aslo 
mumkin emas.
Biz bugungi uchrashuvimizni ochiq va jonli 
suhbat tarzida o‘tkazish uchun, unda aytiladigan fikr 
va takliflami imkon qadar ko‘proq odamlar eshitsin, 
muhokamalarda o‘zlari ham qatnashsin deb, bu 
tadbimi videokonferensiya shaklida o‘tkazyapmiz.
Bu zalda o‘tirganlar ham, shahar va tumanlardagi 
katta-katta 
zallarda 
yigilib, 
videokonferensiya 
orqali uchrashuvimizda ishtirok etayotgan fuqarolar 
ham muhokamalarda bemalol qatnashsin. 0 ‘zlarini 
qiziqtirayotgan, qiynayotgan savollar bilan murojaat 
qilsin. Men ulaming har qanday savoliga javob 
berishga tayyorman.
Agar bunday muloqot shakli sizlarga ma’qul boisa, 
bu tajribani yana davom ettiramiz. Bundan buyon faqat 
viloyat miqyosidagi gaplar bilan kifoyalanmasdan, 
pastga, quyi bosqichga tushib, har bir tuman va
25


shaharga, kerak bo‘lsa, qishloqlar, mahallalargacha 
kirib boramiz.
Bugungi kunda 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə