Oziq-ovqat sanoatida kelgusi besh yilda umumiy
qiymati 425 milliard so‘m bo‘lgan 261 ta loyiha amalga
oshiriladi. Natijada mevani qayta ishlash darajasi
bugungi kundagi 12,5 foizdan 2021-yilga borib qariyb
36 foizga, sabzavotlami qayta ishlash esa 22 foizdan
38 foizga yetkaziladi.
Yengil, charm-poyabzal, farmatsevtika sanoatida 351 milliard so‘mlik investitsiya hisobidan 303 ta
loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shular
qatorida, kimyo, elektr texnika, mashinasozlik va
boshqa sohalarda jami 1 trillion 300 milliard so‘mlik
investitsiya o‘zlashtirilib, 233 ta ishlab chiqarish
obyekti tashkil etiladi.
2017-2021-yillarda
tekstil va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturiga muvofiq viloyatda umumiy qiymati 240
milliard so‘mlik 105 ta loyiha ishga tushirilib, ming-
lab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Xususan, Samarqand shahridagi «Samarqand Yevro
Aziya Tekstil» korxonasida kelgusi yilda 25 milliard
so‘mlik investitsiya hisobidan yiliga 15 milliard
so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish y o ig a qo‘yiladi.
Shuningdek,
«Samarqand Apparel»
korxonasiga
3 million dollar investitsiya m ablagi jalb etilib, 500 ta
yangi ish o‘mi yaratiladi va yiliga 3 million dona
trikotaj mahsuloti ishlab chiqarishga erishiladi.
Qurilish materiallari ishiab chiqarish va boshqa sohalarda kelgusi besh yilda viloyatda umumiy
qiymati 290 milliard so‘mlik ikki yuzdan ortiq loyiha
amalga oshiriladi va 5 mingga yaqin yangi ish o‘mi
ochiladi. Masalan, Narpay tumanida 2017-2018-yillar
185
mobaynida «Narpay Iftixor Sanoati» korxonasi
tomonidan 55 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib,
y illik quwati 540 ming tonna yuqori sifatli sement
ishlab chiqarish zavodi ishga tushiriladi.