Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Bo‘z tumani,
2016-yil 1-noyabr



 
Ч
OLTIN VODIY DURDONASI
(FARG‘ONA VILOYATI SAYLOVCHILAR
VAKILLARI BILAN UCHRASHUVDAGI
NUTQ)


Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Muhtaram yurtdoshlar!
Shu kunlarda mamlakatimizning qaysi viloyati, 
shahar yoki qishlog‘iga bormaylik, mustaqillik yillarida 
amalga oshirilgan olamshumul ishlar, islohotlar 
natijalari yaqqol namoyon boiadi. Xalqimizning 
fidokorona mehnati bilan erishgan ulkan yutuqlarimiz, 
har bir inson, har bir oila va jamoa hayotidagi 
katta o‘zgarishlar haqida turli kasb egalari bilan 
gaplashganda, aw alo ulug‘ Yurtboshimiz, muhtaram 
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning buyuk tarixiy 
xizmatlarini chuqur hurmat-ehtirom bilan eslaymiz.
Haqiqatan ham, Birinchi Prezidentimiz biz uchun 
yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil 
0 ‘zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu 
qoladi, yuksak ibrat namunasi b o iib xalqimiz qalbida 
abadiy yashaydi.
Albatta, Islom Abdug‘aniyevichning siyosiy mero- 
sini qancha ko‘p o‘rgansak, uning qanday ulkan 
xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz bu 
ibrat maktabiga, uning saboqlariga qayerda, qaysi 
lavozimda boimaylik, doimo murojaat qilamiz va 
undan o‘zimizga hayotiy dastur, qoilanm a boiadigan 
yangi-yangi fikr va g‘oyalar topamiz.
Shaxsan men ulug‘ Yurtboshimiz asos solgan, 
dunyoda «o‘zbek modeli» deb tan olingan taraqqiyot
41


yo‘lini, u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha- 
barcha ezgu ishlami davom ettirishni o‘zimning 
muqaddas burchim va vazifam deb bilaman.
Mamlakatimizda 
shu 
yil 
4-dekabrda 
b o iib
o‘tadigan 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
saylovida qatnashish uchun men aynan shu g‘oyani 
bosh maqsad qilib olganman. 0 ‘ylaymanki, yaqinda 
0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi syezdida 
bayon qilingan, mening saylovoldi dasturimda o‘z 
aksini topgan ustuvor yo‘nalish va vazifalar bilan 
tanishib chiqqan har bir yurtdoshimiz bunga ishonch 
hosil qilishi mumkin.
Bu saylov har birimiz, butun el-yurtimiz uchun 
yana bir jiddiy sinov vazifasini o‘taydigan, xalqimiz- 
ning siyosiy va huquqiy madaniyatini yaqqol ko‘rsata- 
digan g‘oyat muhim tadbir ekanini albatta hammamiz 
yaxshi tushunamiz.
Albatta, saylovda har bir odam o‘zi uchun, ayni 
vaqtda mamlakatimiz kelajagi uchun ovoz beradi.
Hech shubhasiz, bu borada saylovoldi tadbirlari
jumladan, 
siz, muhtaram 
saylovchilar vakillari 
bilan boiadigan uchrashuvlaming yuqori saviyada 
o‘tishi katta rol o‘ynaydi. Mening fikrimcha, bu 
uchrashuvlarda har bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvol, islohotlaming borishi, erishilgan natijalar bilan 
birga, yechimini kutib turgan eng dolzarb vazifalar 
ham o‘rtaga tashlanishi kerak. Faqat viloyat, shahar 
va tumanlar darajasidagi masalalar bilan kifoyalanib 
qolmasdan, har bir qishloq, mahalla, jamoa ichiga 
kirib borib, mavjud muammolami yechishni yuqoridan 
emas, quyidan boshlashimiz lozim. Chunki, hammamiz
42


yaxshi bilamiz, har qanday binoning aw al poydevori 
qurib bitkaziladi. Shunday ekan, biz ishni quyidan 
boshlasak, oddiy odamlaming hayot tashvishlari va 
quvonchlariga sherik b oiib, ulaming dardini eshitsak, 
muammolami birgalikda hal qilish yoilarini izlasak, 
shundagina 
ko‘zlagan 
maqsad-muddaolarimizga 
erisha olamiz.
E’tibor bergan boisangiz, biz keyingi paytda ayni 
shu masalaga - ya’ni, fuqarolarimiz, aholimizning 
muammolarini o‘z vaqtida yechish masalasiga alohida 
ahamiyat qaratayapmiz.
Bu masalani to‘g‘ri tushunish, «muammo» degan 
so‘zdan qo‘rqmaslik kerak. Chunki hayot bor ekan, 
oldimizda yangi-yangi vazifalar bilan birga, biz ilgari 
ko‘rmagan, duch kelmagan muammolar ham paydo 
boiishi - bu tabiiy.
Rahmatli 
Islom 
aka 
aytganlaridek, 
vujudga 
kelayotgan ana shunday qiyinchilik va muammolami 
o‘zimiz, o‘z aql-idrokimiz va kuch-g‘ayratimiz bilan 
hal qilmasak, hech kim chetdan kelib, biz uchun 
tadbirkorlik rivojini ham, adolat va qonun ustuvorligini 
ham, sanoat va fermerlik harakatining taraqqiyotini 
ham ta’minlab bermaydi.
Hech kim chetdan kelib, bizning o‘mimizga aholini 
ish bilan band etish, yangi uy-joylar, maktab va 
bog‘chalar, kasalxonalar, y o ila r qurish, elektr, suv va 
gaz ta’minotini yaxshilash, aholimizni, armiyamizni 
boqish, yurtimizning tinch va osoyishta hayotini 
asrash kabi bir-biridan muhim, bir-biridan dolzarb 
masalalar haqida bosh qotirmaydi, jon kuydirmaydi. 
Hech kim! Faqat o‘zimiz va yana bir bor o‘zimiz bu
43


vazifalami hal qilishga javobgarmiz. Va faqat o‘zimiz 
bu masalalami hal qilishga qodirmiz.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, biz o‘tgan davrda 
qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan g‘ururlanishimiz 
tabiiy, albatta. Lekin shu bilan birga, shiddat bilan 
o‘zgarayotgan zamon bilan hamnafas, hamqadam 
b o iib yashash uchun biz dunyodagi, mamlakatimiz- 
dagi vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda, bugungi va 
ertangi hayotimizning puxta o‘ylangan, mustahkam 
rejalarini tuzishimiz kerak. Mana shunday fikr, mana 
shunday qarash saylovoldi uchrashuvlarimizning bosh 
mavzusini tashkil etsa, ayni muddao b o ia r edi.
Shuning uchun ham biz joylarda boiayotgan 
saylovoldi uchrashuvlarimizni ochiq va jonli suhbat 
tarzida o‘tkazyapmiz. Ularda aytiladigan fikr va 
takliflami imkon qadar ko‘proq odamlar eshitsin, 
muhokamalarda 
o‘zlari 
ham 
qatnashsin 
degan 
maqsadda bu tadbirlami videokonferensiya shaklida 
tashkil etyapmiz.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan uchrashuv shuni 
ko‘rsatdiki, bunday muloqot shakli zalda o‘tirganlarga 
ham, shahar va tumanlarda yigilib, videokonferensiya 
orqali uchrashuvimizda ishtirok etayotgan fuqarolarga 
ham ma’qul boimoqda. Ular muhokamalarda faol 
qatnashib, 
o‘zlarini qiziqtirayotgan, 
qiynayotgan 
savollar bilan murojaat qilyapti.
Haqiqiy demokratiya mana shunday ochiq, teng 
muloqotdan, bir-birimizning fikrimizni eshitib, bahs 
va tortishuvlar orqali umumiy xulosaga kelishdan 
boshlanadi. Albatta, ko‘pni ko‘rgan, insonning, hayot- 
ning qadriga yetadigan, oqko‘ngil, mehnatkash va
44


mehmondo‘st Farg‘ona ahli bu haqiqatni yaxshi 
tushunadi.
Farg‘ona deganda, biz aw alo Qubo - hozirgi 
Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon kabi ko‘hna sivilizatsiya 
maskanlariga, boy tarix va madaniyatga ega qadimiy 
va go‘zal bir oikani ko‘z oldimizga keltiramiz.
Bu fikming tasdigi sifatida Farg‘ona nomini butun 
dunyoga taratgan Ahmad Farg‘oniy bobomizning 
o‘n ikkinchi asrdayoq lotin va yahudiy tiliga taijima 
qilingan «Astronomiya asoslari» kitobini eslash 
kifoya, deb o‘ylayman. Ulug‘ allomaning loyihasi 
asosida Nil daryosi suvining sathini oichaydigan o‘ta 
noyob inshoot -

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə