Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Miqyosi Nil» 
Misrda hanuzgacha 
saqlanib kelayotganini hammangiz yaxshi bilasiz.
Yoki yana bir ulug‘ ajdodimiz Burhoniddin Marg‘i- 
noniyning «Hidoya» asari necha yuz yillardan buyon 
butun musulmon dunyosida islom huquqi bo‘yicha 
asosiy qoilanm a b o iib kelayotgani barchamizda 
g‘urur va iftixor uyg‘otmaydimi?
Ana shunday buyuk zotlaming qoldirgan bebaho 
merosini chuqur o‘rganish, ulaming qadamjolarini 
obod qilish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha bir- 
galikda qilgan ishlarimiz ham barchamizga mam- 
nuniyat yetkazadi.
Farg‘ona zaminida ana shunday ulug‘ bobolari- 
mizning y o iini davom ettirgan va davom ettirayotgan 
fidoyi insonlaming faqatgina nomlarini sanab o‘tish 
uchun ham juda ko‘p varaqlami toidirishga to‘g‘ri 
keladi, desam, hech qanday mubolag‘a boimaydi. 
Ayniqsa, ma’naviy hayotimiz tarixida so‘nmas iz
45


qoldirgan Uvaysiy, Nodira, Anbar otin, Dilshod Bamo, 
Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Charxiy, Sobir 
Abdulla kabi mumtoz siymolaming har biri haqida 
«Farg‘ona tong otguncha» 
gapirish mumkin.
Xalqimizga, Farg‘ona ahliga xos barcha ezgu 
fazilatlami o‘zida mujassam etgan ulug‘ insonlar 
haqida fikr yuritganda, atoqli shoir, davlat va jamoat 
arbobi, 0 ‘zbekiston Qahramoni Erkin aka Vohidovni 
ehtirom bilan eslashimiz tabiiydir.
U kishi hayot boiganlarida bu yil dekabr oyida 
tabarruk 80 yoshga toigan boiardilar. 0 ‘zining 
durdona asarlari bilan adabiyotimiz xazinasiga bebaho 
hissa qo‘shgan, xalqimizning ma’naviy olamini, 
milliy g‘umr-iftixorini yuksaltirish y o iid a unutilmas 
xizmat qilgan bu ulkan ijodkorimizning xotirasini 
abadiylashtirish, ijodiy merosini chuqur o‘rganish, 
yoshlarimizga yetkazish barchamiz uchun ham qarz, 
ham farzdir. Nasib etsa, yaqin kunlarda el-yurtimizning 
ardoqli farzandi Erkin Vohidovning qutlug‘ tavallud 
ayyomini butun 0 ‘zbekiston bo‘ylab katta miqyosda 
nishonlaymiz. Bu tantanalar u kishining kindik qoni 
tomgan Farg‘ona viloyatida ayniqsa baland mh bilan 
o‘tishiga ishonaman.
Ana shunday muhtaram ustozlar qatorida Aziz 
Qayumov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Oxunjon Haki- 
mov, Umarali Normatov, Enaxon Siddiqova, Anvar 
Obidjon, Ismoil Mahmud, Iqbol Mirzo singari olim- 
larimiz, shoir va yozuvchilarimizning nomlarini ham 
bugun katta hurmat bilan tilga olamiz.
Farg‘onaning saxovatli zamini o‘zbek madaniyati 
va san’atining buyuk chashmasi ekanini bilmaydigan,
46


bunga tan bermaydigan odam yurtimizda o‘zi yo‘q, 
desam, ayni haqiqatni aytgan boiam an. Yusufjon 
qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Muhiddin 
Qoriyoqubov, Tamaraxonim, HalimaNosirova, Mukar- 
rama Turg‘unboyeva, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon 
Uzoqov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Murodjon 
Ahmedov, Tavakkal Qodirov, Berta Davidova, Gavhar 
Rahimova kabi siymolami alohida hurmat bilan 
eslaymiz.
Har biri o‘z sohasida ulkan ijodiy maktab yaratgan 
bunday buyuk san’atkorlarimiz xalqimizning china- 
kam faxr-u iftixori hisoblanadi. Shu o‘rinda ko‘ng- 
limdagi bir fikmi sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchi edim.
Xalqimizning qalbidan, yuragidan chuqur joy olgan 
mana shunday ulug‘ adib va san’atkorlarimiz xotira- 
siga bag‘ishlab, Farg‘onaning soiim markazlaridan 
birida - mayli, Marg‘ilondami, mayli, boshqa 
tumandami, bir go‘zal bog‘ barpo etsak, shu muh- 
tasham bog‘da ulaming timsollarini o‘matib, butun 
yurtimizdan san’at muxlislari kelib ziyorat qiladigan, 
yoshlarimiz taiim-tarbiya oladigan bir joy tashkil 
qilsak, nima deysizlar?
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda 
Farg‘onadan yetishib chiqqan Yorqinoy Hotamova, 
Muhammadsoli Yusupov, Gulsanam Mamazoitova
Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, 
Abdurahmon Xoltojiyev, Ilhom Ibrohimov, Muhsimjon 
va Yahyobek Mo‘minovlar kabi taniqli ijodkorlar va 
ulaming safini toidirib kelayotgan o‘nlab iste’dodli 
yoshlar o‘zbek san’ati rivojiga katta hissa qo‘sh- 
moqda.
47


Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish yoiidagi 
samarali mehnatlari uchun « 0 ‘zbekiston Qahramoni» 
degan eng oliy unvonga sazovor boigan mirishkor 
fermer Patilaxon Ergasheva, mohir pedagog Man- 
zuraxon Madaliyeva, tajribali yoisoz Ulug‘bek 
Umarov, mexanik Botir Temirov va ular kabi o‘nlab, 
yuzlab farg‘onaliklaming nomlari butun yurtimizda 
m aium va mashhurdir.
Ana shunday insonlar qatorida «Nuroniy» jam g‘ar- 
masi viloyat boiimining raisi Topvoldi Xoldorov, 
mohir fermer opamiz Lolaxon Murodova va boshqa- 
laming nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.
Hurmatli yigilish qatnashchilari!
Mening saylovoldi dasturimda biz o‘z oldimizga 
qo‘ygan strategik vazifa - mamlakatimiz taraqqiyoti 
va xalqimiz hayot darajasini yangi bosqichga ko‘tarish 
y oiid a beshta ustuvor yo‘nalish belgilanib, ulami 
amalga oshirish yoilari aniq ko‘rsatib berilgan.
Ruxsatingiz bilan, ana shu ustuvor yo‘nalishlar 
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Birinchi yo‘nalish, 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə