MAVZU:
ZAXIRIDDIN
MUHAMMAD
BOBURNING “BOBURNOMA ASARI
TARIXIY
MANBA SIFATIDA
Tayyorladi: Do’stmurodov Murodjon
„Boburnoma“da keltirilgan barcha maʼlumotlar,
xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor,
Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90-
yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr
xabarlar oʻzining batafsilligi bilan
shu xususdagi boshqa
adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar
muallifning muayyan
tarixiy voqea haqida hamda
oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx,
Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo,
Sulton Husayn
va boshqalarning xulqatvori, tabiati
xususida bildirgan
fikrmulohazalari bilan ham
ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa,
fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya,
tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik,
bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha
oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan
maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan.