Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Islom dinining
quwati», 
balki ayni paytda milliy madaniyatimiz va 
san’atimizning noyob chashmasi sifatida ham yaxshi 
bilamiz.
Bu yurtning farzandlari boigan Olim Xo‘jayev, 
Razzoq Hamroyev, Muxtor Ashrafiy, davlatimiz 
madhiyasining 
muallifi, 
betakror 
inson 
Mutal 
Burhonov, Sa’di Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, 
Sharif Qayumov, Sattor Yarashev kabi san’atimiz 
darg‘alarining milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan 
beqiyos hissasini barchamiz yuksak qadrlaymiz.
Ulaming izdoshlari boigan Baxtiyor Ixtiyorov
O im as 
Rasulov, 
Tesha 
Mo‘minov, 
Ubaydulla 
Baqoyev, Shamsi Yoiliyev, Soyib Niyozov, Yulduz 
Turdiyeva, Ilyos Arabov singari san’atkorlar, Olim 
Abdiyev, Alisher Narzullayev singari 0 ‘zbekiston xalq 
ustalari Buxoro shuhratiga shuhrat qo‘shmoqdalar.
0 ‘zining fidokorona mehnati bilan el-yurt o‘rtasida 
obro‘-e’tibor topgan 0 ‘zbekiston Qahramonlari -
mirishkor fermer Azim Latipov, zardo‘z Muyassar 
Temirova, ekskavatorchi To‘ra Narziyevning nomlarini 
alohida ehtirom bilan aytib o‘tmoqchiman.
147


Ular qatorida 0 ‘zbekiston xalq o‘qituvchilari 
To‘xtamurod Jumayev, Guloyim Jalliyeva, mirishkor 
fermer Yoqub Fattoyev, xizmat ko‘rsatgan sport ustozi 
Rustam To‘rayev kabi o‘z kasbini ulugiab kelayotgan 
insonlami har qancha ta’riflasak arziydi, albatta.
Ayni paytda, bugungi yorag‘ kunlarga yetib 
kelishimizda katta xizmatlari singgan, boy hayotiy 
bilim va tajribasi bilan jamiyatimiz hayotida faol 
qatnashib, yoshlarga namuna b o iib kelayotgan 
«Nuroniy» jam g‘armasi viloyat boiimining rahbari 
Samoyiddin Huseinov, Romitan tumani boiim i raisi 
Telman Baqoyev, faol ma’naviyat targibotchisi Ra’no 
Rahimova, usta kandakor Shokir Kamolov singari 
faxriylarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.
Bugungi kunda Buxoro yoshlarining sport sohasida 
erishayotgan yutuqlari ham barchamizni quvontiradi. 
Oxirgi besh yilda viloyat sportchilari jahon va Osiyo 
miqyosidagi nufuzli musobaqalarda 86 ta oltin, 133 ta 
kumush va 158 ta bronza medalini q o ig a kiritishga 
erishdilar.
Ayniqsa, bu yil Braziliyada b o iib o‘tgan Olimpiada 
o‘yinlarida buxorolik sportchilardan 8 nafari yuqori 
shohsupalarga ko‘tarilgani - bu haqiqiy qahramonlik 
namunasi, desak, hech qanday mubolag‘a boimaydi. 
Olimpiya o‘yinlarida Shahobiddin Zoirov va Sherzod 
Namozov oltin, Shahram G iyosov kumush, Ixtiyor 
Navro‘zov, Rishod Sobirov, Shuhrat Boboyev, Femz 
Saidov, Shirin Sharipov bronza medallami q oiga 
kiritganida butun xalqimiz cheksiz quvonib, «Yashasin 
0 ‘zbekiston!» deb hayqirgani hammamizning esi- 
mizda.
148


Kelinglar, ana shu yoshlarimizni yana bir bor 
chin dildan qutlab, ularga doimo baxt va omad yor 
boiishini tilaylik.
Muhtaram anjuman qatnashchilari!
Keyingi yillarda, butun mamlakatimizda boigani 
kabi, Buxoro viloyatida ham yuqori o‘sish sur’atlari 
kuzatilmoqda. Buning tasdig‘ini so‘nggi besh yilda 
viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sgani, yalpi hududiy 
mahsulotda sanoatning ulushi 24,7 foizdan 30 foizga 
yetganida ko‘rish mumkin.
Buning natijasida Buxoro viloyatining mamlakati- 
miz iqtisodiyotidagi ulushi tobora ortib bormoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘yicha qazib olinadi- 
gan tabiiy gazning 10 foizi, gaz kondensatining 11 foizi, 
neftning 7 foizi, yetishtiriladigan paxtaning 11 foizi, 
g‘allaning 9 foizi, pillaning 12 foizi Buxoro viloyati 
hissasiga to‘g‘ri kelayotgani va boshqa misollarda 
bunga to ia ishonch hosil qilish mumkin.
So‘nggi 5 yilda viloyat iqtisodiyotida umumiy 
qiymati 7 milliard 200 million dollarlik investitsiyalar 
o‘zlashtirildi. Buning 3 milliard 900 million dollari 
xorijiy investitsiyalar ekani ayniqsa e’tiborlidir.
Mana shu investitsiyalar tufayli Buxoro tarixan qisqa 
vaqt ichida mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan 
hududlardan biriga aylandi. Jumladan, mamlakatimiz 
iqtisodiyotining faxri boigan Buxoro neftni qayta 
ishlash zavodi, Gazli neft-gaz majmuasi, «Deu tekstil 
Buxoro», «Knauf gips Buxoro» kabi yirik korxonalar 
bunyod etildi. Eng muhimi, minglab buxoroliklar, 
o‘zimizning farzandlarimiz uchun zamonaviy ish 
o‘rinlari yaratildi.
149


Azal-azaldan o‘zining hunarmandlik, tadbirkorlik 
fazilatlari bilan dong taratgan Buxoro ahli iqti- 
sodiyotimizda tobora katta o‘rin egallayotgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ham muhim 
natijalarga erishmoqda.
Buning tasdig‘ini mazkur sohaning yalpi hududiy 
mahsulotdagi ulushi qariyb 68 foizga yetgani, ish bilan 
band aholining salkam 80 foizi ayni shu tarmoqda 
mehnat qilayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Muhtaram Birinchi Prezidentimizning: 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə