Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


« 0 ‘zbek dehqonining mehnati - haqiqiy qahramonlikdir»



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

« 0 ‘zbek
dehqonining mehnati - haqiqiy qahramonlikdir»,
degan 
so‘zlarining amaliy tasdig‘ini buxorolik 
zahmatkash dehqon va fermerlar mehnati misolida 
yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Aynan ulaming fidokorona mehnati bilan keyingi 
besh yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirish, murakkab iqlim sharoiti, yerlaming 
sho‘rlanish darajasi yuqori ekaniga qaramasdan, 1,3 
barobar ko‘paydi.
Dehqonlarimizning og‘irini yengil qilish, yeming 
dardiga darmon boiish maqsadida viloyatda so‘nggi 
yillarda ekin maydonlarining meliorativ holatini 
yaxshilash, unumdorligini oshirish bo‘yicha ko‘p 
ish qilinmoqda. Oxirgi besh yilda 66 ming gektar 
sug‘oriladigan yeming meliorativ holati, qariyb 94 
ming gektar yeming suv ta’minoti yaxshilandi.
Joriy yilda paxta maydonlari 1 ming 800 gektarga 
qisqartirilib, ulaming o‘miga ko‘proq daromad 
beradigan, viloyatning tabiiy iqlim sharoitiga mos 
keladigan meva-sabzavot va poliz ekinlari ekildi. 
Bu o‘z navbatida bozorlarimizni arzon va sarxil 
mahsulotlar bilan toidirish imkonini bermoqda.
150


Buxorolik omilkor dehqon va fermerlar bu yilgi 
mavsumni ham yuksak mehnat yutuqlari bilan 
yakunlayotgani barchamizni xursand qiladi.
Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona mehnati 
bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‘shib kelayotgan Buxoro dehqonlariga, barcha 
viloyat 
mehnatkashlariga 
chuqur 
minnatdorlik 
bildirishni o‘zim uchun ham qarz, ham farz, deb 
bilaman.
Qadrli do‘stlar!
Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan keng 
koiam li islohotlar - bu aholi turmush darajasini 
yaxshilash yoki hududlarimizni obodonlashtirish 
boiadimi, namunaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar, 
y o i va ko‘priklar qurish, tarixiy va madaniy 
merosimizni tiklash boiadim i, transport-muhandislik, 
axborot kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish boiadim i - bulaming barchasida 
sizlar bevosita ishtirok etib kelmoqdasiz, bu ulkan 
o‘zgarishlarga hammangiz bevosita guvohsiz.
Shu sababli, bu masalaga batafsil to‘xtalib 
o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
Hozirgi kunda bizning oldimizda ana shu erishgan 
yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, xalqimizning 
hayot darajasi va sifatini yanada oshirishdek yangi, 
ulkan vazifalar turibdi. Va bu vazifalami bugungi 
globallashuv davrida dunyoda iqtisodiy inqiroz, 
qarama-qarshilik va nosogiom raqobat, xomashyo 
resurslarining narxi pasayib borayotgan keskin va 
murakkab bir sharoitda amalga oshirishimizga to‘g‘ri 
kelmoqda.
151


Bu esa bizdan xalqaro miqyosdagi mavjud 
og‘ir vaziyatni chuqur tahlil qilgan holda, strategik 
ahamiyatga ega vazifalami belgilab olish, yaqin 
va o‘rta muddatli istiqbolga moijallangan harakat 
dasturimizni ishlab chiqishimizni talab etadi.
Bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar mening shu yil 
19-oktabrda 0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiya- 
sining syezdida so‘zlagan ma’mzamda batafsil bayon 
qilganidan sizlar albatta xabardorsiz.
Lekin bugungi uchrashuvimizda qatnashayotgan 
va videokonferensiya orqali bizni kuzatayotgan 
yurtdoshlarimizni, bu dastur Buxoro viloyatida qanday 
amaliy natijalar beradi, degan savol qiziqtirishi tabiiy.
Biz saylovoldi dasturimizda mamlakatimizdagi 
barcha hududlar qatori Buxoro viloyatida ham har bir 
shahar va tumanni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalami 
ishlab chiqqanmiz.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə