Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va moder-



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va moder-
nizatsiyalash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiri-
ladi.
Mavjud yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, 
ko‘ptarmoqli 
fermer 
xo‘jaliklarini 
rivojlantirish, 
irrigatsiya-melioratsiya tizimini yaxshilash, tuman- 
laming o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib
ularda parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, meva- 
sabzavot, uzum hamda poliz mahsulotlarini ko‘pay- 
tirish, zamonaviy texnologiyalar asosida issiqxonalar 
tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha aniq 
chora-tadbirlami amalga oshirish belgilangan.
Jumladan, kelgusi besh yilda go‘sht ishlab 
chiqarishni kamida 1,3 baravar, sutni - 1,4 baravar, 
tuxumni - 1,6 baravar, kartoshkani - 1,3 baravar, 
meva-sabzavot va uzum yetishtirishni 1,4 baravarga 
ko‘paytirish, shuningdek, ulami qayta ishlashni 
kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Yana bir muhim yo‘nalish - Buxoroning turistik
salohiyatidan yanada to‘liq foydalanishdir.
Ikki yarim ming yillik tarixga ega Buxoro 
zaminidagi noyob me’moriy yodgorliklar, vohaning 
go‘zal tabiati butun dunyodan turistlami jalb etishi 
uchun juda katta imkoniyatlarga ega.
155


Bu borada Buxoro xalqaro aeroportining zamo- 
naviy yangi binosi qurilgani va joriy yil sentabr 
oyida Toshkent - Buxoro yo‘nalishida zamonaviy 
tezyurar poyezd qatnovining y o ig a qo‘yilgani muhim 
bir qadam boiganini qayd etish lozim. Ushbu poyezd 
Toshkentdan Buxorogacha boigan 600 kilometrlik 
masofani ilgarigidek 7-8 soatda emas, balki 3 soat-u 
47 daqiqada bosib o‘tishini e’tiborga oladigan boisak, 
mamlakatimiz aholisi va xorijiy mehmonlar uchun 
qanday katta qulaylik yaratilganini tasaw ur qilish 
qiyin emas.
Viloyatning turistik salohiyatini yanada oshirish 
uchun kelgusi besh yilda 50 ta yangi mehmonxona 
qurish va mavjud 10 ta mehmonxonani kengaytirish 
hisobiga ulardagi yashash o‘rinlari bugungi kundagi 
4,5 mingtadan 6,5 mingtagacha yetkaziladi.
Yuqoridagi ishlami amalga oshirish natijasida 
2021-yilga borib, viloyatga keladigan xorijiy sayyohlar 
soni qariyb 2 baravarga oshishi kutilmoqda.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə