Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Harakat strategiyamizni 
ishlab chiqamiz.
Albatta, bu strategiyani amalga oshirish oson emas. 
Buning uchun jamiyatimizdagi barcha kuchlami 
birlashtirib, hayot sinovlarida toblangan, har qanday 
ulug‘ marralami egallashga qodir, mard va olijanob 
xalqimiz qatori siz, hurmatli Navoiy ahliga tayangan 
holda ish olib boramiz.
Sizlaming, butun el-yurtimizning ishonchini oqlash, 
xalqimizning barcha orzu-niyatlarini amalga oshirish 
uchun bor bilim va tajribamni, butun borlig‘imni 
ayamasdan xizmat qilishni men o‘zim uchun yuksak 
sharaf, deb bilaman.
So‘zimning yakunida sizlarga, sizlar orqali butun 
Navoiy viloyati ahliga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, 
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E ’tiboringiz uchun rahmat.
Nurota tumani,
2016-yil 4-noyabr


ILM-U MA’RIFAT, DIN-U DIYONAT,
BUNYODKORLIK BILAN NOM
QOZONGAN XALQ
(BUXORO VILOYATI SAYLOVCHILAR
VAKILLARI BILAN UCHRASHUVDAGI
NUTQ)


Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar!
Qadrli do‘stlar!
Bugun ko‘hna va tabarruk Buxoro zaminida 
siz, azizlar bilan uchrashib, sizlami mana shunday 
yaxshi kayfiyatda ko‘rib turganimdan xursandman. 
So‘zimning aw alida barchangizga, sizlar orqali butun 
viloyat ahliga o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni 
bildirishga ruxsat etgaysiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Hammamiz uchun aziz va qadrdon boigan, 
buyuk davlat va siyosat arbobi muhtaram Islom 
Abdug‘aniyevichning vafot etganlariga, mana, ikki 
oydan oshdi. Vaqt o‘tgan sari Birinchi Prezidentimiz- 
ning xalqimiz, Vatanimiz ravnaqi yoiidagi unutilmas 
xizmatlarini, u kishining rahbarligida amalga oshirilgan 
tarixiy ishlar salmog‘ini har birimiz yanada chuqurroq 
anglab yetayapmiz. Va ayni paytda barchamiz 
Yurtboshimiz asos solgan milliy taraqqiyot yoiini 
yangi bosqichga ko‘tarish zamratini, shu boradagi o‘z 
burchimiz va mas’uliyatimizni teran his qilmoqdamiz.
Shaxsan men shunday buyuk insonga safdosh 
boiib, chorak asrdan ko‘proq vaqt birga ishlaganimdan 
baxtiyorman. 
U kishi boshlagan barcha-barcha 
ezgu ishlami og‘ishmasdan, qafiyat bilan davom 
ettirishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qat-
143


nashish uchun men aynan ana shu g‘oya, ana shu 
vazifani o‘zimga bosh maqsad qilib olganman.
Albatta, hammamiz yaxshi tushunamiz, bu saylov 
barchamiz, butun el-yurtimiz uchun g‘oyat muhim 
siyosiy tadbir, yana bir ulkan sinovdir. 0 ‘zbekistonning 
bundan keyingi siyosati qanday boiadi, mamlakatimiz 
qaysi 
yoidan 
boradi, 
farzandlarimiz, 
oilamiz, 
Vatanimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan 
savollar bugun oldimizda turibdi. Va shu yurtning 
fuqarosi sifatida hammamizni o‘ylantiradigan bu 
savollarga biz aynan shu saylov orqali javob topamiz.
Xabaringiz 
bor, 
biz 
kuni 
kecha 
Farg‘ona 
vodiysi viloyatlarida, bugun Navoiy viloyatida 
saylovchilar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik. 
Videokonferensiya shaklidagi bu ochiq va jonli 
muloqotlar xalqimizning siyosiy ongi va tafakkuri, 
huquqiy madaniyati naqadar o‘sib borayotganini 
ko‘rsatmoqda. Odamlar nafaqat shaxsiy muammolari, 
nafaqat o‘zi yashayotgan shahar va qishlogi, balki 
butun 0 ‘zbekiston hayoti va kelajagi bilan b ogiiq 
masalalami 
o‘rtaga 
qo‘yayotgani ulaming faol 
grajdanlik pozitsiyasidan dalolat beradi.
Sizlar bilan bugungi uchrashuvimizda ham imkon 
qadar ko‘proq odamlar ishtirok etsin, munozara va 
muhokamalarda faol qatnashsin, degan niyatda uni 
videokonferensiya shaklida o‘tkazayapmiz. Har bir 
saylovchi o‘zini qiziqtirgan, qiynayotgan savollar 
bilan murojaat qilishi mumkin.
Aziz do‘stlar!
Dunyoda alohida bir elga, alohida bir yurtga 
bag‘ishlab barpo qilingan yodgorliklar majmuasi
144


kamdan kam uchraydi. Buxoroi sharif ayni shunday 
o‘lkalar qatoriga kiradi.
Mustaqillik yillarida bu qadimiy diyor va uning 
mard, olijanob xalqi sharafiga «Ko‘hna va boqiy 
Buxoro» yodgorlik majmuasi bunyod etilganini 
yaxshi bilamiz. Bu majmua loyihasini muhtaram 
Islom Abdug‘aniyevich o‘z qoilari bilan chizib, uning 
qurilishiga shaxsan bosh-qosh boigan edilar.
Bu tabarruk zaminning necha ming yillik qadimiy 
tarixi, buyuk alloma va aziz-avliyolari, uning betak- 
ror madaniyati o‘z ifodasini topgan ana shu yodgorlik 
bugungi kunda Buxoroning yorqin timsoliga aylanib 
qoldi.
Haqiqatan ham, azaldan turli savdo yoilari, 
madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan 
boqiy Buxoro, uning ko‘pni ko‘rgan, ilm-ma’rifat, 
din-u diyonat, bunyodkorlik borasida nom qozongan 
xalqi har qanday hurmat va e’tiborga munosibdir.
Azim Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan bu 
go‘zal vohadagi Varaxsha va Narshax singari qadimiy 
sivilizatsiya o‘choqlari, ko‘hna Ark, Somoniylar 
maqbarasi, Chashmai Ayub, Minorai Kalon, Chor Bakr 
va o‘nlab noyob m e’moriy obidalar bizning tariximiz, 
madaniyatimiz qanday chuqur ildizlarga ega ekanini 
yaqqol tasdiqlaydi.
Bu qutlug‘ zamindan yetishib chiqqan Imom 
Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Narshaxiy, 
Abduxoliq Gijduvoniy, Mir Said Kulol, Xo‘ja 
Orif Revgariy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk 
mutafakkirlaming nomlari, ulaming boy merosi butun 
Sharq va G‘arb olamida mashhurdir.
1 0 -S h . M irziyoyev
145


Xabaringiz bor, yaqinda Toshkentda Islom ham- 
korlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi 
boiib o‘tdi. Konferensiya doirasida bir qator yuksak 
martabali mehmonlar bilan uchrashganimizda, ular- 
ning har biri 0 ‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan 
buyuk daholar nafaqat islom, ayni vaqtda jahon 
sivilizatsiyasi tarixida g ‘oyat muhim o‘rin tutishini 
e’tirof etdi.
Ushbu anjumanda buyuk muhaddis Imom Buxoriy 
bobomizning tabarruk merosini yanada chuqurroq 
o‘rganish maqsadida xalqaro ilmiy markaz tashkil 
etish haqidagi 0 ‘zbekistonning taklifi katta qiziqish va 
xayrixohlik bilan kutib olingani ham shundan darak 
beradi.
Mana, ko‘rdingizmi, ulug‘ bobolarimizning sha- 
rofati, oim as nomlari, ulaming mhi poklari bugun 
ham bizni qanday qoilab-quvvatlayapti, bizga qanday 
madad beryapti. Biz mana shunday ulug‘ allomalarimiz 
bilan, ulami kamolga yetkazgan ona zaminimiz bilan 
har qancha faxrlansak, arziydi.
«Oqqan daryo - oqaveradi», deydi xalqimiz. 
Darhaqiqat, o‘tmishda qancha-qancha sinov va 
qiyinchiliklarga duch kelmasin, Buxoroi sharifning 
ilm-ma’rifat, madaniyat va san’at daryosi hech qachon 
to‘xtagan emas. Bu ko‘hna yurtda tugilib ijod qilgan 
Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, 
Sadriddin Ayniy singari ko‘plab m a’rifat fidoyilarining 
ibratli hayoti bugungi kunda ham yurtimizda yangi 
jamiyat barpo etish, barkamol avlodni tarbiyalash, 
ma’naviyatimizni yuksaltirishda bizga beqiyos kuch 
bag‘ishlab kelmoqda.
146


Bu haqda gapirganda, zamonaviy o‘zbek ada- 
biyotining taniqli vakillari bo‘lgan Ne’mat Aminov, 
Omon Muxtor, Sadriddin Salim Buxoriy, Ahad Hasan 
kabi shoir va yozuvchilarimizning yorqin xotirasini 
butun el-yurtimiz yuksak ehtirom bilan yodga oladi.
Bugungi kunda Jamol Kamol, To‘ra Mirzayev
Toshpoiat Ahmad, Jo‘ra Fozil, Jahongir Ismoilov, 
Laylo Sharipova, Mamatqul Jo‘rayev, Shodmon 
Sulaymon singari iste’dodli olim va ijodkorlarimiz 
ustozlar an’anasini faol davom ettirmoqdalar.
Qadim Buxoroni biz nafaqat 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə