Kelgusi davr xarajatlarini qoplash rezerv fondini tashkil qilish va foydalanish hisobi



Yüklə 18,24 Kb.
səhifə2/2
tarix27.09.2023
ölçüsü18,24 Kb.
#124267
1   2
KELGUSI DAVR XARAJATLARINI QOPLASH REZERV FONDINI TASHKIL QILISH VA FOYDALANISH HISOBI

Hisobvaraqlar rejasi mulkchilik shakli va faoliyat sohasidan qatʼi nazar barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun yagona va majburiy hisoblanadi, byudjet tashkilotlari, sugʼurta kompaniyalari va banklar bundan mustasno.
Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi respublikada buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining ikkinchi darajali hujjatlari tarkibiga kiradi va u xalq xoʼjaligi turli tarmoqlarining barcha tashkiliy-huquqiy shakllaridagi korxonalar tomonidan qoʼllanishi lozim boʼlgan schyotlarning tartibga solingan roʼyxatidan iborat.
Hisobvaraqlar rejasida buxgalteriya hisobiga korxonalar iqtisodiy resurslarining holati va harakati toʼgʼrisida buxgalteriya maʼlumoti hamda ularga qoʼyiladigan talablarni qayd etish va saqlash usuli sifatida taʼrif berilgan.
Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari quyidagi guruhlarga ajratilgan:

Doimiy schyotlar - hisobot davri oxiriga salьdoga ega boʼlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapitalga oid schyotlar. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv va kontrpassiv schyotlarga ajratiladi.

Аktiv schyotlar (А) - aktivlarni aks ettirishga moʼljallangan boʼlib, unda iqtisodiy zaxiralarning qoldigʼi va koʼpayishi schyotning debeti, kamayishi esa - krediti boʼyicha aks ettiriladi.

Passiv schyotlar (P) - majburiyatlar va kapitalni aks ettirishga moʼljallangan boʼlib, unda majburiyatlar hamda kapital qoldigʼi va koʼpayishi schyotning krediti, kamayishi esa - debeti boʼyicha aks ettiriladi.

Kontraktiv schyotlar (KА) - u bilan bogʼliq boʼlgan aktiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Kontrpassiv schyotlar (KP) - u bilan bogʼliq boʼlgan passiv schyotning qoldigʼidan chegiriladigan qoldiq moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Tranzit schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, biroq yopiladigan Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʼlmaydigan, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi vaqtinchalik schyotlardir.

Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga tegishli boʼlmagan, biroq vaqtinchalik uning tasarrufida boʼlgan aktivlarning, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati toʼgʼrisidagi maʼlumotni umumlashtirishga moʼljallangan schyotlardir. Ushbu schyotlar boshqa schyotlar bilan bogʼlanmaydi va korxonaning moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi.


Schyotlarning Hisobvaraqlar rejasida turkumlanishi va ularning ketma-ketlik bilan joylanishi xoʼjalik vaziyatlarining iqtisodiy mazmuniga asoslanadi va xoʼjalik yurituvchi subʼekt mol-mulki muomalasi chizmasidan kelib chiqadi. Ushbu tamoyildan foydalanish buxgalteriya hisobining qaysi bir obʼektlariga oid maʼlumotlar muayyan boʼlimning schyotlarida tizimlashtirilishi toʼgʼrisidagi savolga javob berish imkoniyatini yaratadi. Bunda schyotlar guruhlanishining boshqa ahamiyatli belgilari, xususan, schyotlar maqsadi va tarkibi, ular oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanish va boshqalar zarur darajada inobatga olinadi. Shuning uchun Hisobvaraqlar rejasi Kontseptual asosga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun moliyaviy hisobot elementlarini guruhlash orqali qatʼiy tarzda tartibga keltirilgan tizim hisoblanadi, yaʼni: avvalambor aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, keyinchalik majburiyatlar schyotlari va, nihoyat, daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar aks ettirilgan. Schyotlarni yuritish va ularning raqamlanishini koʼrsatish qatʼiyan majburiy ekanligi bilan bir qatorda, joriy hisobda ushbu elementlarni ochuvchi schyotlardan foydalanish qatʼiy belgilanmagan.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishda yagona uslubiy yondashuv buxgalteriya hisobi tashkil etilishining aniq tartibga solinishiga huquqiy zamin yaratadi, hisobda aks ettirishni turkumlash uning yuritilishini yengillashtiradi, buxgalteriya hisobi boʼlimlarini avtomatizatsiyalash tartibini soddalashtiradi, schyotlar oʼzaro bogʼlanishida xatolar sonini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Hisobvaraqlar rejasiga ilova qilingan Yoʼriqnomada keltirilgan schyotlar bogʼlanishining namunaviy chizmasi ham yuqorida keltirilgan muammolarning yechimini topishga yordam beradi va buxgalteriya hisobi tizimini avtomatizatsiyalash dasturi uchun asos qilib olinishi mumkinligini qayd etib oʼtish lozim. Biroq xoʼjalik yuritish amaliyotida shunday vaziyatlar uchraydiki, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish jarayonida oʼzaro bogʼlanadigan schyotlarni aniq belgilash yetarli darajada murakkab boʼladi. Notoʼgʼri tuzilgan buxgalteriya oʼtkazmasi korxona faoliyati koʼrsatkichlarining ahamiyatli darajada noaniq aks ettirilishiga va muayyan soliqlar boʼyicha soliq solinadigan baza notoʼgʼri hisoblanishiga olib kelishi mumkin.
Schyotlarning oʼzaro bogʼlanishiga oid namunaviy chizmalarda aks ettirilmagan xoʼjalik faoliyatining yangi holatlari vujudga kelgan taqdirda korxona uni toʼldirishga haqli, biroq bunda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy uslubiy tamoyillariga qatʼiy rioya qilish asosiy talab boʼlib hisoblanadi.
21-son BHMSning 2-bandiga asosan, moliyaviy-xoʼjalik faoliyati buxgalteriya hisobining Hisobvaraqlar rejasiga asosan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar Xoʼjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining schyotlar ishchi rejasini tuzishlari va u xoʼjalik yurituvchi subʼektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Shuning uchun korxonaning bosh buxgalteri schyotlar ishchi rejasini tuzish paytida schyotlarning tasdiqlangan guruhlanishidan foydalangan holda taklif etilgan tizimga asoslanib oʼzida qoʼllaniladigan schyotlar tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobining schyotlar ishchi rejasi korxonada buxgalteriya hisobini yuritish uchun lozim boʼlgan schyotlardan iborat boʼlishi, yaʼni schyotlarning ishchi rejasi tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasiga qaraganda koʼproq yoki kamroq schyotlarga ega boʼlishi mumkin. Ishchi rejadagi schyotlarning miqdori muayyan korxona faoliyatining xususiyati, hisobning u yoki bu boʼlimiga taalluqli operatsiyalarning turlariga bogʼliq. Masalan, tasdiqlangan Hisobvaraqlar rejasida korxonaning byudjet oldida soliqlar boʼyicha qarzini hisobga olish uchun 6410 "Byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarz (turlari boʼyicha)" schyoti taklif etilgan.
Ishchi rejada muayyan korxona soliq solishning qaysi tizimi boʼyicha ish yuritishidan kelib chiqqan holda muayyan schyotlarni aks ettirish tavsiya etiladi.
Soliq solishning umumbelgilangan tizimi boʼyicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schyotlardan foydalanish lozim:
6410 "Foyda soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6411 "QQS boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6412 "Аktsiz soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6413 "Mol-mulk soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6414 "Er soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6415 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar" va h.k.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi boʼyicha ishlovchi korxonalar uchun quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
6410 "Yagona soliq toʼlovi (YaST) boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar";
6411 "Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlar" va h.k.
Аsosiy vositalarni operativ ijaraga berish paytida obʼektga egalik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga oʼtmaydi, shu bois asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida qoladi. Biroq ijaraga berilgan asosiy vositalar boʼyicha tezkor maʼlumotlarga ega boʼlish uchun asosiy vositalarni hisobga oluvchi tegishli schyotlar boʼyicha operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar boʼyicha alohida schyotlar ochish mumkin. Masalan, agar uskuna operativ ijaraga berilgan boʼlsa, 0131 "Operativ ijaraga berilgan uskuna" schyotini ochish mumkin. Аgarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan qandaydir asosiy vositalar konservatsiya qilingan boʼlsa, 0191 "Konservatsiyalangan asosiy vositalar" deb nomlangan maxsus schyot ochish tavsiya etiladi.
Schyotlar ishchi rejasida nafaqat amaliyotda qoʼllanilayotgan schyotlarning nomlanishi, balki keyinchalik lozim boʼlgan taqdirda yangi ochilishi mumkin boʼlgan schyotlar yuzasidan mezonlar ham qayd etilishi maqsadga muvofiqdir. Bu buxgalteriya hisobini xoʼjalik operatsiyalari maqsadini aks ettirgan holda yuritishni taʼminlovchi schyotlar tizimini tuzish imkoniyatini yaratadi.
Schyotlar ishchi rejasi va hisob siyosatining boshqa elementlarini ishlab chiqish paytida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadida hisob maʼlumotini umumlashtiruvchi mezonlarga ega boʼlgan u yoki bu boʼlimning buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlardan foydalanish lozim.
Buxgalteriya hisobi schyotlar ishchi rejasini korxona hisob siyosatiga alohida ilova sifatida tasdiqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yüklə 18,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə