Kelishildi”


DMTT BITIRUVCHILARINING RIVOJLANISH DARAJASI TAHLILI



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#132068
1   2   3   4   5   6   7   8
26-ДMTT 2023 yil ish reja

DMTT BITIRUVCHILARINING RIVOJLANISH DARAJASI TAHLILI
Uchko‘prik Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturini bajarilishi tahlili bolalarning rivojlanish xaritalarida kuzatuv orqali tashkil qilindi, kuzatuv natijalari bo‘yicha bolalar bilan ta’lim tarbiyaviy ishlar olib borildi. Yosh guruhlarda bolalar quyidagi sohalar bo‘yicha rivojlanishlari kuzatildi:
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
4. Bilish jarayonining rivojlanishi;
5. Ijodiy rivojlanish.
DMTT tarbiyalanuvchilarining o‘zlashtirish darajalarini aniqlashda pedagoglar tomonidan kuzatuv, amaliy ish, suhbat, turli topshiriqlarni bajarish, o‘yin metodlaridan foydalanildi. Monitoring natijalari bo‘yicha pedagoglar o‘z hisobotlarini olib bordilar. Hisobotlar yakunida bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi, korreksion ishlar olib borildi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishi yilda 2 marta otkazildi. 2022 yil sentabrda va 2023 yil mayda o‘tkazildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlab chiqarish yig‘ilishlarida quyidagi masalalar muxokama qilindi.
1. Tashkilotning 2023-2024 o‘quv yili ish rejasini jamoaga tanishtirish.
2. Xodimlarni tashkilot Ustavi, ichki mehnat tartib qoidalari va lavozim yo‘riqnomalari hamda “Odob-ahloq qoidalari” bilan tanishtirish.
3. Uchko‘prik Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ning 2019 yil 30 apreldagi 20/1, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 10QQ/1-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori, “Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi” yo‘riqnomasi, maktabgacha ta’lim tashkilotining “Jamoa shartnomasi” bilan tanishtirish
Yil davomida maktab bilan hamkorlikda ish olib borish rejasi asosida maktabga chiqib ketgan bolalarning o‘zlashtirishini kuzatish va tahlil qilish, 16- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va MTT pedagoglari bilan birgalikda “Birinchi qo‘ng‘iroq”, ”Hosil bayrami”, “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” tematik kecha “Navro‘z bayrami va boshqa tadbirlarda maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil qilindi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə