Kelishildi”


PEDAGOGIK JARAYONNI NAZORAT QILISH



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#132068
1   2   3   4   5   6   7   8
26-ДMTT 2023 yil ish reja

PEDAGOGIK JARAYONNI NAZORAT QILISH:
Avgust 2022-yil “Guruhlarni yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, mavzuli nazorat natijalari bajarilishi yuzasidan nazorat olib borildi. Nazorat jarayonida bolalar va tarbiyachilar bilan suhbat olib borildi, mashg‘ulotlar kuzatildi, tayyorlov guruh bolalari amaliy mashqlar, topshiriqlar bajarishdi.
Noyabr 2022-yil “Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish natijadorligi” mavzusida qiyosiy nazorat natijalari (guruhlarni koʻrsatish)
Fevral 2023-yil: Maktabga tayyorlov guruhda takomil-lashtirilgan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etilishi (frontal nazorat natijalari)
May 2023-yil: MTTda maktab bilan olib borilgan hamkorlik ishlari mavzusida mavzuli tekshirish bo‘yicha olib borildi o‘rta guruhda ” Rivojlantirish markazlarini shakllantirilganligi va ulardan to‘laqonli foydalanish holati taxlili” olib borildi.
Nazorat davomida mashg‘ulotlar kuzatildi, tarbiyachilarning ishlari ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va tahlil qilindi, mashg‘ulot ishlanmalarining mavjudligi, mashg‘ulotlarni tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borish darajasi tahlil qilindi. Guruhlarda ta’lim-tarbiya va mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Nazorat natijalari ishchi guruh tomonidan o‘rganildi va tahlil qilindi.
NAZARIY VA AMALIY SEMINARLAR.
Maktabgacha ta’limda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish maqsadida seminar-nazariy amaliyot bilan birgalikda “Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta'lim tizimi. Ta’lim-tarbiya jarayonida Voskobovich, Tangram texnologiyalarini qo‘llash” asosida olib borildi. Seminarga pedagoglar tarafidan STEAM ta'lim tizimi. Ta’lim-tarbiya jarayonida Voskobovich, Tangram texnologiyalarini asosida slaydlar ko‘rgazmalar, ta'limiy o‘yinlar tayorlanildi.
PEDAGOGLAR UCHUN MASLAHATLAR, MAHORAT MAKTABLARI Yil davomida reja asosida olib borildi bunda redagoglarga maslahatlar berilib, ijrosi ilova qilinib borildi
YOSH MUTAXASSISLAR BILAN ISHLASH (KOUCHING PEDAGOG FAOLIYATI)
Мutaxasislarni kouch pedagoglarga buyruq asosida biriktirildi va so‘rovnoma o‘tkazildi. Kouch va kouching ish faoliyatida duch kelayotgan muammolar va qiyinchiliklarini o‘rganildi hamda yillik rejani tuzildi.
Kouching pedagog faoliyatini yuritish bo‘yicha pedagog-arga maslahat berib borildi va
Pedagoglarni Nizomi bilan tanishtirildi.
Kouching pedagog faoliyatini reja ijrosini ta’minlab borildi, yig‘ma jildlarini to‘ldirib, sohaga oid hujjatlar bilan boyitib borildi.
MAKTAB- MAHALLA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ISHLARI
ishlari reja asosida faol olib borildi.
Ota-onalar pedagoglarning ochiq faoliyatlarga, MTTda o‘tkazilgan bayram ertaliklariga, obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha turli mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishga jalb qilindi.
Umumiy ota–onalar yig‘ilishlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, turli kasallanishlarning oldini olish, ta’lim sifatini ko‘tarishda ota-onalar ishtirokining ahamiyati, MTTda sog‘lom muhitni yaratishda hamkorlikda ishlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi, qarorlar chiqarildi, ularning ijrosi nazoratga olindi.
O‘quv yili davomida MTTda Kuzatuv Kengashida 4 ta mavzu rejalashtirilgan bulib o‘z ish faoliyatini 4 ta mavzu orqali olib bordi. Kuzatuv Kengashi tomonidan ota-onalar bilan hamkorlikda turli ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil qilindi. Uchko‘prik Respublikasidagi maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, har tomonlama barkamol, milliy urf-odatlar va jamiyatda kechayotgan jarayonlarga dahldorlik hissini oshirish hamda ularda g‘oyaviy immunitetini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
DMTTda 8-mart "Xotin-qizlar" kuni munosabati bilan "Balli qizlar" tadbiri bõlib õtdi.
Bolalarda o‘zbek milliy urf-odatlari, an’analari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “Milliy urf-odatlar va an’analar”, “Xush kelding, Navro‘zi olam!”, kabi mavzularida ochiq mashg‘ulotlar, davra suhbatlarini tadbirlar o‘tkazildi.
Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligi munosabati bilan òtkazilgan "Navoiyni yod etib"tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy kitobxonlik oyligi munosabati bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman " shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil qilindi.
"Oilam uchun men o'z qo'lim bilan tayyorlagan sovg‘am" nomli qo‘l mehnati ishlari tanlovi o'tkazildi.
Xotira va qadrlash kuni” munosobati bilan Chirchiq Oliy Tank Qõmondonlik Muhandislik bilim yurtiga sayohat uyushtirildi.


"Tabiatni birga asraylik" nomli rasmlar koʻrgazmasi o‘tkazildi.
DMTTda Bebbo loyihasini ota-onalar o'rtasida targ'ibot qilish va amaliyotga tatbiq etish borasida tavsiyalar berib borildi
“1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni “Baxtli bolalik” loyihasi Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda alohida e’tirof etilgan kun – “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ni respublika miqyosida, barcha tizimlarni qamrab olgan holda keng nishonlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni hal etish yo‘llarini pedagoglar elektron dastur orqali yoritib berdilar.
Konsepsiyada jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va mamlakat taraqqiyotining yangi bir bosqichida maktabgacha ta’limga davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning hayotini demokratik tamoyillar asosida ijtimoiy tashkillashtirish, yoshlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni pozitiv asosda qurish, ularning manfaatlari va qadriyatlarining davlat manfaatlari bilan muvofiqligini ta’minlash uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar va maqsadlarni yosh avlod ongiga singdirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
«Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida tarbiyalanuvchilarning malaka va ko‘nikmalari natijalarining taxlili yilda 2 marta amalga oshirib boriladi. o‘zlashtirishda qiynalgan bolalar bilan individual ishlash lozimligi tavsiya etildi. Maktab bilan hamkorlikdagi ishlar yillik ish reja asosida 5 mavzusi yuzasidan ishlar olib borildi, 4 ta mavzu ochiq holda qoldirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida xo‘jalik-ma’muriy ishlari, kuzgi mavsumga tayyorgarlik ishlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shanbaliklar har juma kunlari olib borildi. Yangi o‘quv yilida yosh avlodni sog‘lom, baquvvat, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashlari uchun bor imkoniyatlarimizni ishga tatbiq etamiz Bolalarni ovqatlantirish, hayoti va sog‘ligini saqlash borasida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi.
yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik chora–tadbirlari rejasi muhokama qilindi.
bolalarni sog‘ligini saqlash va muhofaza qilishda sog‘lomlashtirish texnologiyalaridan samarali foydalanib borildi.
Jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan ish shakllari, metod va usullari, ish vositalari tahlil qilindi va ta’lim tarbiya jarayoniga joriy qilindi.
Ilk yosh guruhi bolalarining jismoniy hamda nerv-psixologik rivojlanishlari ahvoli yil davomida muntazam o‘rganib borildi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə