Kelishildi”



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#132068
  1   2   3   4   5   6   7   8
26-ДMTT 2023 yil ish reja





Kelishildi
Uchko‘prik tuman 26-DMTT direktori:
_______________Y.Soliyeva
“______” avgust 2023 -yil



Tasdiqlayman”
2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli pedagogik
Kengash yig‘ilishda tasdiqlandi.
Kengash raisi:_______ ______________




Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab
ta’lim boshqarmasi
Uchko‘prik tumani maktabgacha va maktab
ta’lim bo‘limi
26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
2023-2024 o‘quv yili

YILLIK ISH REJASI


01-06
Uchko‘prik tumani MMTB 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2022-2023-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisoboti


7-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2023 -2024 o‘quv yili davomida asosiy yil vazifalarini bajarish maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish, sog‘lomlashtirish, pedagoglarning bola tarbiyasidagi bilimlarini kengaytirish va salohiyatlarini oshirish maqsadida keng ishlar olib bordi. Quyida yil davomida olib borilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobot keltirilgan.
SALOMATLIK VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASH
MTTning umumiy sanitar holati SanPiN me’yori va talablariga javob beradi, ya’ni ichimlik suvi, yorug‘lik bilan ta’minlangan, guruhlarning sanitar holati yaxshi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti obodonlashtirilgan. Bolalar kun davomida toza havoda, salqin va kokalamzor maydonchalarda yayrab osishlari uchun barcha sharoit muxayyo qilingan, o‘yin maydonchalari mavjud.
Har oy yakunida DMTT hamshirasi tomonidan bolalarni DMTTga qatnovi hamda kasallanishi sabablarini aniqlash, ularni ogohlantirish tibbiy profilaktik ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tahliliy ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan tahliliy o‘rganish ishlari natijalari ishlab chiqarish yig‘ilishlari kun tartibida, hamda ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilindi.
Bolalar harakat faolligini to‘g‘ri va talab bo‘yicha tashkil qilish uchun MTTda ma’lum sharoitlar yaratilgan. Guruhlar jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha tegishli turli atribut va materiallar, chiniqtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun turli vositalar bilan jihozlangan. Yil davomida bolalar kasallanishining oldini olish maqsadida oilaviy poliklinika shifokorlari bilan hamkorlikda tibbiy profilaktik ishlar reja asosida amalga oshirildi. Kun davomida alohida e’tibor chiniqtirish tadbirlarini tashkil qilishga qaratilgan:
Xonaning haroratini mo‘tadil ushlab turildi, sovuq mavsumda talabdagi harorat bo‘lishi ta’minlandi.
Barcha yil fasllari mavsumida sayrni kun tartibi asosida tashkil qilindi.
Ertalabki badantarbiya va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari kun tartibiga va rejaga asosan o‘z vaqtida olib borildi.
Q`quv yili mobaynida bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Ma’lumotlar yig‘ildi, ota-onalar bilan suhbat, savolnoma, kuzatuvlar o‘tkazildi.
Tashxis natijalari bo‘yicha kasallanish guruhlari aniqlandi va ular bilan ogohlantiruvchi tibbiy profilaktik ishlar oldindan olib borildi. Tashviqot va targ‘ibot ishlari faol olib borildi. Maslahatlar berib borildi, ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlar tashkil qilindi (yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha).

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə