Kelishildi



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə18/36
tarix22.02.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#101259
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (1)

39-mavzu. Voltampermetriya.
Voltampermetrik usullarning sinflanishi. Indikatorli elektrod va solishtirma elektrodlar. Simob elektrodining afzalliklari va kamchiliklari. Voltampermetriya egriligi (polyarogramma)ni olish va tavsiflash. Kondensatorlik, migratsion va diffuzion toklar. Chekli, diffuzion tok. Polyarografiya. Ilkovich tenglamasi. Polyarografik to‘lqin uchun Ilkovich-Geyrovskiy tenglamasi. Yarim to‘lqin potensiali va unga ta’sir etuvchi omillar. Polyarogafik sifat va miqdoriy analiz. Voltamperometrik analiz usullarining takomillashtirilgan xillari.
40-mavzu. Amperometriya.
Amperometrik titrlash, usulning mohiyati. Indikatorli elektrodlar. Indikatorli elektrod potensialini tanlash. Bir va ikki indikatorli qutblangan elektrodlar yordamida amperometrik titrlashlar, titrlash egrilarining ko‘rinishlari. Cho‘ktirish. Kompleks hosil qilish va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ishlatilishi. Polyarografik va amperometrik analiz usullarining amaliyotda ishlatilishi.
Fizikaviy kimyo
1- mavzu. Fizikaviy kimyo zamonaviy kimyoning nazariy asosi
Asosiy tushunchalar: termodinamik sistema, izolyatsiyalangan sistema, yopiq sistema, ochiq sistema, gomogen va geterogen sistemalar, uzluksiz sistema, sistemaning holati, termodinamik parametrlar, termodinamik jarayon, holat funksiyasi, aylanma jarayon, izobar, izoterm, adiabat, izoxor, izobar-izoterm va izoxor-izotermik jarayonlar, qaytar va qaytmas jarayonlar, intensiv va ekstensiv kattaliklar. Fizikaviy kimyo fanini rivojlanishida O‘zbekiston olimlarining xizmatlari.
2- mavzu. Ideal gaz qonunlari
Ideal gaz qonunlari. Holat tenglamalari va termik koeffitsientlar. Issiqlik, temperatura, bosim, ichki energiya, ish, intensivlik faktorlari, termometrik shkala, absolyut harorat, termometrlar. Gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi (Boltsman tenglamasi). Gazlarning issiqlik sig‘imi. Issiqlik sig‘imining erkinlik darajasi bilan bog‘liqligi.


3-mavzu Real gazlar
Real gazlar. Van-der-Vaals tenglamasi. Gazlarning kondensatlanishi. Kritik nuqta. Bug‘ va gaz orasidagi farq. Keltirilgan bosim, hajm va harorat.


Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə