Kelishildi


- mavzu. Aromatik karbonil birikmalar



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə30/36
tarix22.02.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#101259
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (1)

16- mavzu. Aromatik karbonil birikmalar
Aromatik aldegidlarga xos xususiyatlar. Aromatik-alifatik qator ketonlari, ularni olish va kimyoviy xossalari. Ularning oksimlari va fazoviy tuzilishi. Bekman qayta guruhlanishi.
Aromatik karbon kislotalar. Almashingan benzoy kislotalarning dissotsiyalanish konstantasiga o‘rinbosarlarning ta’siri. Aromatik karbon kislotalar sintez qilishning umumiy usullari. Benzoy kislotasi va uning hosilalari. Salitsil va sulfosalitsil kislotalar.
Dolchin kislotasi, olinishi va xossalari. Antranil kislotasi, olinishi va uning ishlatilishi.


17- mavzu. Aromatik aminlar
Aromatik aminlarning turlari. Aromatik yadrodagi o‘rinbosarlar tabiati va joylashishining aminlar asosligiga ta’siri. Amino- guruhning benzol yadrosiga ta’siri: Elektrofil almashinish reaksiyalari. Amino- guruhni himoyalash. Aromatik aminlarning qo‘llanilishi.
Diazobirikmalar. Alifatik va aromatik diazobirikmalar. Diazotirlash reaksiyasi, uni amalga oshirish sharoitining amin tuzilishiga bog‘liqligi. Diazotirlovchi agentlar va reaksiya sharoitlari.
Diazobirikmalarning azot chiqishi bilan boradigan reaksiyalari: diazoguruhni vodorodga, galogenlarga, gidroksil-, tsian- va nitro- guruhlariga almashtirish. Diazobirikmalarning azot chiqmasdan boradigan reaksiyalari. Azobo‘yoqlar sintezi. Qaytarish reaksiyalari, triazenlar hosil bo‘lishi. Diazobirikmalarning qo‘llanish sohalari.


18- mavzu. Geterotsiklik birikmalar
Geterotsiklik birikmalar haqida tushunchalar va ularning sinflanishi. Geterotsiklik birikmalarning turlari va ularga xos reaksiyalar. Uch va to‘rt a’zoli geterotsiklik birikmalar. Besh a’zoli bitta geteroatom tutgan geterotsiklik birikmalar (furan, tiofen, pirrol), ular sintezining umumiy usuli va o‘zaro aylanishlari (Yurev). Furan, tiofen, pirrol va benzolning fizik-kimyoviy xossalarini taqqoslash. Olinishi, fizik va kimyoviy xossalari.
Fenol va pirrol xossalarining o‘xshashligi. Azot, kislorod va oltin-gugurt tutgan besh a’zoli geterotsiklik birikmalar. Olti a’zoli geterotsiklik birikmalar. Kondensirlangan geterotsiklik birikmalar kimyosi. Geterotsiklik birikmalarning aromatikligi. Geterotsiklik birikmalarda elektrofil, nukleofil almashinish, yon zanjirda radikal almashinish reaksiyalari. Geterotsiklik birikmalarning aromatikligi. Geterotsiklik birikmalarning ishlatilishi.
Organik reaksiyalarda boradigan qo‘shimcha jarayonlar. Reaksiyalarning muqobil sharoitlari. Reaksiya yo‘nalishiga substrat va reagent tuzilishi, erituvchi tabiati va turli omillarning ta’siri. Organik birikmalarning sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda qo‘llanilishi. O‘zbekiston olimlarining organik kimyo faniga qo‘shgan hissalari.



Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə