Kelishildi


-mavzu. Birinchi guruhning s-elementlari



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə6/36
tarix22.02.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#101259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) (1)

13-mavzu. Birinchi guruhning s-elementlari
Vodorod-davriy sistemaning birinchi elementi. Vodorod atomi tuzilishining o‘ziga xosligi. Tabiatda tarqalishi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Vodorodning birikmalari, fizikaviy va kimyoviy xossalari. Ishqoriy metallar. Atomlarining tuzilishidagi o‘ziga xoslik. Atomning valentligi va oksidlanishi darajalari. Ionlanish potensiallari. Birinchi guruh s-elementlarining tavsifi. Atomlarning tuzilishi. Birikmalarda kimyoviy bog‘larining tabiati. Metallarning kimyoviy aktivligi. Litiy-seziy gidroksidlari qarorida asos kuchining o‘zgarishi.


14- mavzu. Ikkinchi guruhning s-elementlari
Ikkinchi guruh s-elementlarining umumiy tavsifi. Atomlarning tuzilishi. Birikmalarda kimyoviy bog‘lar tabiati. Gidroksidlar. Ularning strukturasi, kislota-asoslik xossalari.Beriliy gidroksidining amfoterligi. Magniy. Davriy sistemadagi o‘rini, tabiatda tarqalishi, Izotoplari. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari, xossalari. Ishqoriy-yer metallari. Kalsiy, sitronsiy, bariy atomlarining tuzilishi, izotop tarkibi, tabiatda tarqalishi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari, xossalari. Suvning qattiqligi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlik.


15- mavzu. Kompleks birikmalar
Vernerning koordinatsion nazariyasi. Koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari markaziy atom va addendlar (ligandlar), tashqi va ichki sfera, koordinatsion son. Kompleks yadrosi va uning asosiy va qo‘shimcha valentliklari. Kompleks brikmalarda kimyoviy bog‘ning tabiati, markaziy ionning ligandlar bilan elektrostatik va kovalent ta’sirlashishi. kompleks brikmalarning tuzilishini valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan tushuntirish. Past spinli va yuqori spinli komplekslar. Spektrokimyoviy qator.


16- mavzu. d-elementlarining umumiy tavsifi. Uchinchi guruhning
d-elementlari.
Atomlarning tuzilishi. Guruh va davrlarda atomlar radiusi va ionlanish potensiallarining o‘zgarishi. Atomlarning yuqori oksidlanish darajasidagi brikmalar turg‘unligining guruhlarga o‘zgarishi. Davr va guruhlarda elementlar kimyoviy xossalarining o‘xshashligi. Guruhlarda d-elementlar xossalarining p-elementlarga nisbatan o‘zgarishidagi o‘ziga xoslik. V-VI davrlar d-elementlarining kimyoviy xossalardagi o‘ziga xoslik. d-elementlar atomlarining har xil oksidlanishi darajasidagi oksid va gidroksidlarining kislota-asos xossalari.

Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə