Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU:Adabiyotda an’ana va novatorlik



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə18/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

13-MAVZU:Adabiyotda an’ana va novatorlik.


Adabiy anʼanadunyoni badiiy idrok etish, bilish sohasida davrdan-davrga, avloddan-avlodga oʻtib kelgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik, emotsionallik va uslubdagi rang-baranglik. Oʻtmish yozuvchilarining ijod tajribasida sinalgan, ustuvor va muqim gʻoyaviy-badiiy boyliklarni yosh boʻgʻin oʻz davri talabiga kura qayta ishlab, ijodiy rivojlantiradi. Adabiyot va sanʼatda anʼana tarixiy hodisa bulib, muayyan davr ijtimoiy-badiiy xususi-yatlarini aks ettiradi. Oʻzbek adabiyoti eskirmagan, zamon sinovidan utgan, barhayot, ilgʻor anʼanaga suyanadi. Ilgʻor Adabiy anʼana hamma vaqt novatorlikka chorlaydi. Binobarin anʼana va novatorlik orasida mantiqiy aloqa bor. Ularni bir-biridan ajratib, ham tasavvur qilib boʻlmaydi. Biz uchun anʼana hisoblanadigan koʻp gʻoya va mayllar uz vaqtida yangilik sanalgan. Mas, Nizomiy uchun qisman yan-gilik boʻlgan „Hamsa“ yaratish Navoiy uchun anʼana edi. Shu bilan birga Navoiy „Hamsa“si oʻtmishdoshlarining takrori, taqlidi emas. Unda zamonasining uziga xos gʻoyaviy-estetik masalalari yori-tilgan va „Hamsachilik anʼanasi“ yangi bosqichga koʻtarilgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida tazkira-chilik anʼanasi ham mavjud edi. Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Fazliy kabi adiblar ayrim asarlarini Sharq tazkirachilik anʼanalariga qatʼiy 180amal qilib yaratganlar. Zahiriddin Muhammad Boboʻrning „Boburnoma“ va Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shaja-rai tarokima“ kabi asarlari, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Mirzaolim Mushriflarning tarixiy yilnomalari ham maʼlum adabiy-tarixiy anʼanalar asosida yaratilgan. Oʻzbek adabiyotida 20-asrda vu-judga kelgan roman janrining rivojiga katta hissa qushgan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Oʻtkir Hoshimov, Omon Muxtorov va boshqa sanʼatkorlar ja-hon adabiyotidagi ilgʻor anʼanalarga su-yanganlar.
Novatorlik (lotincha — novator) — yangilovchi, yangilanuvchi. Adabiyot va sanʼatdagi yangilanish „novatorlik“ soʻzi bilan ifodalanadi. Novatorlik adabiy jarayon bilan bogʻliqdir. U adabiy anʼana bilan mustahkam aloqada boʻlib, keyinchalik oʻzi adabiy anʼanaga aylanuvchi adabiy-estetik hodisadir. Oʻzbek adabiyotida XX asrda shakl va mazmun jihatidan tubdan yangilandi. Bunga Mahmudxoʻja Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarning saʼy-harakati, ijodiy intilishlari tufayli erishildi. Ular adabiyotni mavjud voqelikka yaqinlashtirib, unga drama, roman singari yangi janrlarni olib kirishdi. Novator ijodkorlarning intilishlari tufayli aruz sheʼr tizimi oʻrnini turkiy tilga xos barmoq sheʼr tizimi egalladi, adabiy til jimjimador balandparvozlikdan xoli boʻldi. Oʻzbek adabiyoti Yevropa adabiyotiga xos yangi janrlar bilan boyidi. Bir necha yuz yil davomida shakl-shamoyili oʻzgarmasdan kelgan oʻzbek adabiyoti gʻoyat qisqa vaqt — bir necha yil ichida 302 303 mazmun va shakl jihatidan tamoman yangilanib, uning mavzu doirasi kengaydi, avvalgi zamonlarga qiyoslaganda, hayot voqeligiga yanada yaqinlashdi. Ana shu davrda adabiyot toʻgʻrisida tasavvur oʻzgarib, adabiyot mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi oʻziga xos oynaga aylandi. Oʻtgan zamonlarda oʻzbek adabiyoti qiyofasini gʻazal, doston belgilagan boʻlsa, XX asrdan eʼtiboran bu mezon yangilandi. Bu davrga kelib, oʻzbek adabiyotida roman, qisqa, drama janrining salmogʻi ortib, barmoq undagi asosiy sheʼr tizimiga aylandi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə