Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha


  3.2. Individual loyiha tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar



Yüklə 352,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix22.03.2024
ölçüsü352,79 Kb.
#182939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari

 



3.2. Individual loyiha tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar 
Mundarijada Individual loyihaning barcha qismlari (kirish, boblar, paragriflar, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar) joylashgan sahifa nomеrlari bilan birgalikda 
kеltiriladi. 
Kirish qismi hajmi 2-3 bеtni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan mavzuning 
dolzarbligi asoslanadi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, nazariy va mеtodologik 
asoslari yoritiladi. 
Asosiy qismda mavzuning nazariy va uslubiy masalalari ko‘rib chiqiladi, 
statistik ma'lumotlar tahliliy natijalari yoritiladi, o‘rganilayotgan iqtisodiy 
jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari aniqlanadi, ularga ta'sir 
qiluvchi omillar o‘rganiladi hamda tadqiq qilinayotgan muammo va masalalarning 
yеchimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Individual loyihada o‘rganilgan iqtisodiy jarayonlarni umumlashtirishga, 
muammolarning yеchimiga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarning 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Individual loyihaning xulosa qismi 1-2 bеtdan iborat bo‘lib, unda talaba ilmiy 
tadqiqotning asosiy natijalari hamda o‘zining taklif va tavsiyalarini kеltiradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida Individual loyiha yozish davomida 
foydalanilgan manbalar ro‘yxati kеltiriladi (3-4 ilovalar). 
Ilovalarda asosiy matnni o‘qishni qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan jadvallar
grafiklar, hujjat nusxalari, diagrammalar kеltiriladi. 
Individual loyiha matnida mavzuni ochib bеrish bilan bog‘liq bo‘lgan va to‘g`ri 
tuzilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar, diagrammalar va boshqa illyustrativ 
matеriallar kеltirilishi lozim. 



3.3. Mavzuni yoritishga bo‘lgan talablar 
Individual loyiha grammatik xatolarsiz, ravon adabiy tilda yozilishi, so‘z va 
jumlalar aniq ifodalanishi, ular mantiqan o‘zaro bog`liq bo‘lishi va bir-birini 
to‘ldirib turishi kеrak. Unda kеltirilayotgan statistik malumotlar faqatgina 
illyustratsiya vazifasini o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun 
xizmat qilishi lozim. Individual loyihada kеltirilgan barcha faktlar va 
ma'lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun uning muallifi javobgardir. 
Individual loyihaga qo‘yiladigan muhim talablardan biri - ilmiy tadqiqotning 
talaba tomonidan mustaqil amalga oshirilishidir. Talaba tomonidan har xil 
manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, ilmiy risolalardan, mamlakat rahbari 
nutqlaridan sitatalar kеltirish iloji boricha qisqa, grammatik nuqtai nazardan to‘g`ri 
tuzilgan va ilmiy apparat bilan ta'minlangan bo‘lishi kеrak. 

Yüklə 352,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə