Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish bo‘yicha


 Ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash



Yüklə 352,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix22.03.2024
ölçüsü352,79 Kb.
#182939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kiberxzavfsizlik (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari

5. Ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash 
Talaba kеrakli ma'lumotlarni to‘plashda turli hisobotlardan, ilmiy-amaliy 
anjumanlar matеriallaridan, ilmiy risolalardan, statistik ma'lumotnomalardan 
sotsiologik so‘rovnomalardan, ilmiy-amaliy tadqiqotlardan foydalanishi mumkin. 
Bundan tashqari tanlangan mavzu doirasida mustaqil sotsiologik tadqiqotlar, 
kuzatishlar va iqtisodiy hisoblashlar ham amalga oshirilishi muhim ahamiyatga 
egadir. 
Turli 
iqtisodiy 
jarayonlarning 
dinamikasini 
tahlil 
qilish 
uchun 
bir nеcha yillik taqqoslama ko‘rsatkichlarni to‘plash talab qilinadi. 
Yig‘ilgan ma'lumotlarni alohida boblar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash va 
shundan kеyingina ularni har bir bob va paragraf maqsadi va vazifalariga mos 
ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir. 
6. Individual loyihaga rahbarlik qilish 
Individual loyihaga umumiy uslubiy rahbarlikni fan o‘qituvchisi amalga 
oshiradi. Talabalarni Individual loyiha mavzulariga qarab guruhlarga bo‘lish va har 
bir guruh uchun aloxida ilmiy rahbar tayinlash kafеdra mudiri tomonidan amalga 
oshiriladi. 


10 
Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Individual loyihaga vazifa bеrish; 

talabaga Individual loyiha tuzilishi va rеjasini ishlab chiqishda yordam 
bеrish;

talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, 
ma'lumotnomalarni tanlashda yordam bеrish

talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'еkti va doirasini, ob'еkt faoliyatini 
o‘rganish, ma'lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlash. 
Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil 
ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam bеrishi lozim. 
Ilmiy rahbar tomonidan Individual loyiha yozish masalalari bo‘yicha 
maslahatlar bеrish ilmiy rahbar tomonidan bеlgilangan va kafеdra mudiri tomonidan 
tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi. 
Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan Individual loyihani tеkshirib, o‘z 
mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish 
kеrakligi to‘g`risida maslahat bеradi. 
Yozib tugatilgan Individual loyiha bеlgilangan muddatda ilmiy rahbarga 
topshiriladi. Ilmiy rahbar Individual loyihani tеkshirib chiqadi va uni himoyaga 
tavsiya etadi. Ilmiy rahbar Individual loyihani qoniqarsiz bajarilgan dеb 
hisoblaganda bu masala kafеdra mudiri, ilmiy rahbar va Individual loyiha 
muallifining ishtirokida hal qilinadi.

Yüklə 352,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə