https://t.me/scienceboxofficial
http://conf.sciencebox.uz/
11
TA’LIM
VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
SamDAQU dotsenti I.
Yu.Egamov
,
SamDAQU katta o’qituvchisi
N.N.Turayeva,
SamDAQU талабаси
М.Н.Файзуллаев
Annotatsiya:
O’zbekistonning kelajagi va ravnaqi ko’p tomonlama undagi kadrlarning
bilimdonligi, kasb tayyorgarligi va ma’naviy yeto’qligiga bog’liq. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da
uzlo’qsiz ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarning kasbiy malakalarini
oshirish, ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan
qurollantirish xususida alohida ta’kidlangan buyicha ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so`zlar:
Pedagogik, tarbiya, chambarchas, inqirozga, fan “Tarbiya”, .
Qarorga binoan
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, anik muddatda va tartibda o’qituvchining
o’quvchilar bilan olib boradigan mashg’ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, ta’lim
muassasalarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarkalgan. Insoniyat tarixiga
nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos
xolda paydo bulgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning
mexnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan xamda bilim berish, o’rgatish
ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr o’tishi bilan kupchilikka
bilim berish extiyoji
paydo bo’ladi.
Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh qilib,
to’plab o’qitishni taqozo qilgan xamda ta’lim bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar,
o’qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu davrga kelib o’qitishning
maxsus tashkiliy shakllari paydo bula boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo
bula boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar
murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatdi. Xalqimiz
tarixiga nazar tashlar ekanmiz,
maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi «Avesto» va
boshka tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni kat’iy
chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini
bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkiliy masalalari Al-Forobiy «Fan va aql zakovat» asarida o’quv
fanlarini guruxlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga
e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars
xisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi
Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta,
uni sinov dars tizimining
asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Ya.A Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida
o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda
boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va
https://t.me/scienceboxofficial
http://conf.sciencebox.uz/
12
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar dikkatini to’plash,
materiallarni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish
jarayonini
nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida to’rgan muammolardan biri ta’limning
tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniqsa, darsni samaradorligini oshirish
bilan bog’lik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib
borishda ko’p ishlar kilindi. O’zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish bilan bog’lik ishlar
qilinmoqda. Sinf deganda, yoshi va bilim darajasibir xil bo’lgan o’quvchilar guruxi
tushuniladi. Dars – aniq maqsadni kuzlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi,
yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotdir. Darsning maqsadi,
mazmuni, xajmi ta’lim standartlari (o’quv reja, dastur, darslik va qo’llanma)
asosida
belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan,bu jarayonda
quyidagilarga amal qilinishi lozim: Har bir sinfda o’quvchilarning yoshi va bilim darajasi
bir xil bo’lishi lozim. Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilinagan aniq muddatda olib
borilishi kerak. Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan
ishlash shaklida olib boriladi. Dars o’quv fanining harakteri, o’tilayotgan materialning
mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta’lim tizimining bir qismi
sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni
uzlashtirmoq uchun zamin
yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’quv yurtlarida ta’lim ishlari faqat sinf dars shaklida
olib borilmasdan, balki amaliy mashg’ulotlar, tajriba ishlari shaklida ham olib boriladi. Bu
mashg’ulotlar sinfdan va maktabdan tashqarida fakultativ mashg’ulotlar, tugaraklar,
ekskursiyalar shaklida olib boriladi. Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli,
tushunarli, ongli va faol bulishi, bilimlar mustaxkam o’zlashtirilishi, o’quvchi talabaning
shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinan xolda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik
talablarni quyadi.
Jumladan: Xar bir dars aniq maqsadni kuzlagan xolda puxta rejalashtirilmogi
lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limi va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars
bosqichlarini, ya’ni qanday boshlash, qanday tamomlash ko’rgazmali materiallardan
foydalanish kabilarni oldindan xal qilib oladi. Har bir dars aniq goyaviy,
mafkuraviy
izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i
lozim. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muxitning imkoniyatini hisobga olgan
xolda
amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jixozlanmogi lozim. Har bir dars
xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalanilgan xolda tashkil etilishi
lozim. Dars uchun ajratilgan soat va dakikalarni tejash va unumli foydalanish darkor. Dars
jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bulishi lozim, o’quvchi talaba
passiv tinglovchiga aylanmaligi lozim. Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir bir
o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan xolda olib borilishi kerak.