62
3. distillangan suv
4. yopiq elektroplitka
5 gatir yoki xo`jalik
sovuni tarozida tortib olinadi, ingichka somoncha
shaklida kesiladi, 100 ml li stakanga joylashtiriladi. Ustiga 50
ml distillangan suv
quyiladi va yopiq elektroplitkada sovun erib ketguniga qadar qizdiriladi. Hosil
bo`lgan eritmaga 10 ml xlorid kislota (1:1) solinadi va yog`li
qatlam hosil
bo`lguniga qadar qizdirish davom ettiriladi. Stakan sovutiladi,
shisha tayoqcha
chiqarib olinadi va hosil bo`lgan teshik orqali suyuqlik quyib olinadi. Stakan
qolgan yog` kislotalari filtr qog`ozga to`kiladi va quritiladi.
Qoldiqlari skalper
yordamida ko`chirib olinadi. Olingan yog` kislotalari tarozida tortib olinadi,
sovunning boshlang`ich massasidan foiz miqdori aniqlanadi.
Ish tugaganidan so`ng, sovun tarkibi, tajribani bajarish tartibi yoziladi, sovun
unumi hisoblanadi, yog` kislotalarining miqdori aniqlanadi (%).
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1.
Organik sintez,
uning maxsulotlari, oddiy jarayonlari va nafis organik
sintezdan farq qiladigan tomonlari.
2.
Sanoat organik sintezini neftni qayta ishlash bilan farqi.
3.
Geterogen katalitik jarayonlar va ularni tezligiga turli omillar ta`siri.
4.
Metanol va uni ishlatilish sohalari, metanol sintezi jarayoning fizik kimyoviy
asoslari.
5.
Etil spirt va uni organik sintezdagi ahamiyati.
6.
Etilendan sulfat kislota ishtirokida va to`gridan –to`g`ri gidratlab etanolni
ishlab chiqarish.
7.
Degidratlash va degidratlash reaktsiyalarni
sanoat reaktorlarida amalga
oshirishning asosiy qonuniyatlari.
8.
Etilen va atsetilen asosidagi sintezlar.
9.
Atsetilen ishlab chiqarish. Jarayonning texnologik qurilmalarini joylashishi,
sintez kolonnasining tuzilishi.
10.
Atsetilen asosidagi sintezlar; atsetaldegid va sirka kislota ishlab chiqarish.
11.
YUMBlar olish uchun monomerlar sintezi.
12.
Rektifikatsiya,
uning maqsadi, olib borish shartlari,
rektifikatsion
kolonnalarning turlari.