6-Laboratoriya ishi
KUCHSIZ KATIONITNING SINTEZI
Ishdan maqsad:
karboksil guruhlar tutgan kuchsiz kationit olish.
Jihozlar:
Uch ogizli tagi dumaloq kolba, mexanik aralashtirgich, teskari
sovutgich, tomizgich voronkasi, suv hammomi, elektroplitka, shishali filtr.
Reaktivlar
: metakril kislotasi, benzoil peroksid, divinilbenzol, osh tuzining 10 va
20% li eritmalari, HCI ning 2 n eritmasi, polivinilspirtining 2%li suvdagi eritmasi.
Ishning bajarilishi,
tomizgich voronka, teskari sovutgich va mexanik
aralashtirgich bilan jihozlangan uch ogizli tagi dumaloq kolbaga osh tuzining 20%
li eritmasidan 50 ml, polivinilspirtining 2% li eritmasidan 0,5 ml quyiladi.
Aralashmani suv hammomida aralashtirib turib 80°C darajagacha qizdiriladi (unda
hammomning darajasi 90°C ni tashkil qiladi). So‘ng tomizgich voronkadan asta
sekin 0,1 g benzoil peroksid va 0,1 ml divinilbenzol qo‘shilib eritilgan megakril
kislotasidan 5 ml qo‘shiladi. Eritmani 2 soat ko‘rsatilgan darajada qizdiriladi va
reaksiya to‘xtatiladi. Hosil bo‘lgan mayda donador polimer eritmadan ajratiladi va
shisha filtrda to‘liq N-ko‘rinishga o‘tkazish uchun 200 ml 2 n HCI bilan ishlanadi
va oqib tushayotgan suvda neytral muhit hosil bo‘lguncha distillangan suvda
yuviladi. Polimer filtr qog‘oz ustida, havoda bir necha soat doimiy vaznga ega
bo‘lguncha quritiladi.
Vazifa.
Mahsulotning chiqishini aniqlang. Hosil bo‘lgan ionitni tuzilishini yozib
ko‘rsating.
KATIONITNING STATIK ALMASHINUV SIG‘IMINI ANIQLASH
Ishdan maqsad:
kationitni statik almashinuv sigimini
aniqlash.
Reaktivlar:
Kationit,
|